Musaxanov Qazixon Abdulxakim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agroturizim tadbirkorligini tashkil etish va rivojlantirish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.17 – “Turizim va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3363.
Ilmiy rahbar: Bustonov Mansurjon Mardonakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdulla Tolipovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Mahbuba To‘ychiboeva, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyatida agroturizm tadbirkorligini tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agroturizm tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oziq-ovqat bazasi, rivojlangan xizmatlar va axborot tizimi kabi uchta toifadagi resurslar asosida agroturizm tadbirkorligini rivojlantirishning konseptual modeli hamda biznes, davlat, jamiyat va ilm-fanning hamkorligiga (sinergiyasiga) asoslangan agroturizm klasteri faoliyatining rivojlantirish modellari asosida takomillashtirilgan;
Namangan viloyati tumanlarining turistik jozibadorlik darajasining xususiy indekslari va integral ko‘rsatkichlarining “past daraja” (0≤JDp<0,1), “qoniqarli daraja” (0,1≤JDq<0,15), “yuqori daraja” (0,16≤JDyu<0,2), “o‘ta yuqori daraja” (0,2≤JDo‘yu) mezonlarini ishlab chiqish orqali agroturizm tadbirkorligini rivojlantirish asoslangan;
Namangan viloyatida agorturizm sohasida turli maqsadlar, vazifalar va tamoyillarni o‘zaro muvofiqlashtiruvchi “Namangan viloyati hududlari agroturizm klasteri”ning hamkorlik modelini ishlab chiqish orqali agroturizmni rivojlantirish va innovatsion turistik mahsulotni yaratish taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida agroturizm tadbirkorligini tashkil etish va rivojlantirishning 2028 yilga qadar ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyatida agroturizm tadbirkorligini tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agroturizm tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini oziq-ovqat bazasi, rivojlangan xizmatlar va axborot tizimi kabi uchta toifadagi resurslar asosida agroturizm tadbirkorligini rivojlantirishning konseptual modeli hamda biznes, davlat, jamiyat va ilm-fanning hamkorligiga (sinergiyasiga) asoslangan agroturizm klasteri faoliyatining rivojlantirish modellari asosida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan ““Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 maydagi 149-sonli buyruq № 702373).. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda agroturizm klasteri faoliyatining rivojlantirish modellari asosida takomillashtirilgan “agroturizm tadbirkorligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyati tumanlarining turistik jozibadorlik darajasining xususiy indekslari va integral ko‘rsatkichlarining “past daraja” (0≤JDp<0,1), “qoniqarli daraja” (0,1≤JDq<0,15), “yuqori daraja” (0,16≤JDyu<0,2), “o‘ta yuqori daraja” (0,2≤JDo‘yu) mezonlarini ishlab chiqish orqali agroturizm tadbirkorligini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 28 avgustdagi 03-12-17-5652-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan agroturizm subektlari reytingi aniqlanib, viloyatda turizm jozibadorligini qoniqarli daraja (0,1-0,15)dan yuqori daraja (0,16-0,2)ga Namangan shahri, Mingbuloq, Namangan va Uchqo‘rg‘on tumanlarini oshirishga erishilgan;
Namangan viloyatida agorturizm sohasida turli maqsadlar, vazifalar va tamoyillarni o‘zaro muvofiqlashtiruvchi “Namangan viloyati hududlari agroturizm klasteri”ning hamkorlik modelini ishlab chiqish orqali agroturizmni rivojlantirish va innovatsion turistik mahsulotni yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 28 avgustdagi 03-12-17-5652-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga qo‘llash natijasida viloyatga sayyohlar tashrifini 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 17,6 foizga oshirishga erishilgan;
Namangan viloyatida agroturizm tadbirkorligini tashkil etish va rivojlantirishning 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 28 avgustdagi 03-12-17-5652-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijalaridan 2022-2026 yillarda Namangan viloyati agroturizm tadbirkorlik faoliyatini rnivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.