Xo‘jamkeldiev G‘afur Sulton o‘g‘lining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yugurish turlarida tiklovchi vositalardan foydalanish orqali mashg‘ulot jarayonlarini kompleks nazorat qilish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped808.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, To‘xtaboev  Nizomjon  Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Uraimov Sanjar Ro‘zmatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yugurish turlarida tiklovchi vositalardan foydalanish orqali mashg‘ulot jarayonlarini kompleks nazorat qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning tana ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun mashg‘ulotlar davomida yuklamalarni ratsional taqsimlash, organizmning tiklanish darajasini tezlashtirishga qaratilgan yuklamalar orasida va mashg‘ulotdan so‘ng gidradatsiya darajasini oshirish orqali tana tarkibidagi yog‘ va suyuqlik miqdorini me’yorlash hisobiga to‘liq charchoq holatini kechiktirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarni yugurish davomida  ortiqcha energiya sarfini tejash hamda tez charchoq holatini oldini olish maqsadida simmetrik markazning koordinatalarida qadamlarni noto‘gri tashlashini aniqlash orqali qadamlarni to‘gri tashlashga qaratilgan mashqlar (oyoqni erga tik qo‘yish va vertikal paytigacha ushbu holatni saqlab yurish kabi) majmualarini qo‘llash hisobiga yugurish traektoriyasini korreksiyalash hamda yugurish vaqtini qisqartirish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
yugurish turlarida sportchilarni ish qobiliyatini oshirish uchun individual jismoniy va funksional tayyorgarlik darajasi bo‘yicha mashqlar orasidagi dam olish oraliq vaqt nisbatlarini bosib o‘tgan masofasi va shiddati bo‘yicha to‘liq, qattiq, ekstremal intervallarni harakatning asosiy sur’ati, tezligi, yo‘nalishi, dinamik xususiyatini o‘zgartirmagan holda qo‘llash hisobiga organizmning keyingi mashqqa tiklash imkoniyatlari oshirilgan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning qon aylanishini yaxshilanishi, oyoq osti mushaklardagi og‘riqlarni kamaytirish uchun mashg‘ulotlardan so‘ng plastik va rezina elementlari bilan qoplangan maxsus aplikatordan oyoq mushaklarining kuchli tarangliligini va og‘riqni kamaytirishda bajarilgan yuklama turlariga nisbatan variativ qo‘llash hisobiga yuguruvchilarning oyoq kaft mushaklari bo‘shashiga erishilgan;
yugurish turlarida musobaqaning dastlabki, yarim final va final bosqichlari oralig‘ida ish qobiliyatini to‘liq ko‘rsatish uchun “Luxury Z-Sport” massajori yordamida beriladigan elektroimpulslar ta’sirida yuguruvchilarning tana mushaklarini bo‘shashtirish natijasida mushak hujayralaridagi energiya almashinuvini moddalar konsentratsiyasi va reaksiyani jadallashtirish hisobiga organizmni keyingi yuklamaga faol tiklanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yugurish turlarida hajmli va shiddatli yuklamalar hamda haftalik mikrotsikllardan so‘ng tiklanish tadbirlarini tizimli rejalashtirish uchun mushaklar faoliyatini turli yo‘nalishdagi (aeronizatsiya, segmentar massaj, issiq gidromassaj) qayta tiklovchi majmualarni kunlik yuklamalarning umumiy individual ta’siri bo‘yicha belgilangan davomiylikda qo‘llash hisobiga qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarda tiklanish kombinatsiyasi optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport takomillashuv guruhi o‘rta masofaga yuguruvchilarining mashg‘ulotlari jarayonida va musobaqa faoliyatida qo‘llanilgan tiklovchi vositalarni qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning tana ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun mashg‘ulotlar davomida yuklamalarni ratsional taqsimlash, organizmning tiklanish darajasini tezlashtirishga qaratilgan yuklamalar orasida va mashg‘ulotdan so‘ng gidradatsiya darajasini oshirish orqali tana tarkibidagi yog‘ va suyuqlik miqdorini me’yorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletikani o‘rgatish metodikasi” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2022-yil 28-dekabrdagi 428/ICh-sonli buyrug‘iga asosan O‘Q-0000008 raqamli guvohnoma). Natijada, qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar organizmidagi suyuqlik miqdori o‘rtacha 10-12 % ga oshgan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarni yugurish davomida  ortiqcha energiya sarfini tejash hamda tez charchoq holatini oldini olish maqsadida simmetrik markazning koordinatalarida qadamlarni noto‘gri tashlashini aniqlash orqali qadamlarni to‘gri tashlashga qaratilgan mashqlar (oyoqni erga tik qo‘yish va vertikal paytigacha ushbu holatni saqlab yurish kabi) majmualarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8218-son ma’lumotnomasi). Natijada, qisqa masofaga yuguruvchilar 400 metr masofaga yugurganda yugurish texnikasi yaxshilangandan keyin qadam uzunligi 5,23 sm.ga uzayishiga va qadamlar soni 5,82 taga kamayishiga erishilgan;
yugurish turlarida sportchilarni ish qobiliyatini oshirish uchun individual jismoniy va funksional tayyorgarlik darajasi bo‘yicha mashqlar orasidagi dam olish oraliq vaqt nisbatlarini bosib o‘tgan masofasi va shiddati bo‘yicha to‘liq, qattiq, ekstremal intervallarni harakatning asosiy sur’ati, tezligi, yo‘nalishi, dinamik xususiyatini o‘zgartirmagan holda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletikani o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jsmoniy tarbiya va sport universitetining 2022-yil 28-dekabrdagi 428/ICh-son buyrug‘iga asosan O‘Q-0000008 raqamli guvohnoma). Natijada, sportchilarning jismoniy tayyorgarligi 10,2 %, funksional tayyorgarligi 12,5 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning qon aylanishini yaxshilanishi, oyoq osti mushaklardagi og‘riqlarni kamaytirish uchun mashg‘ulotlardan so‘ng plastik va rezina elementlari bilan qoplangan maxsus aplikatordan oyoq mushaklarining kuchli tarangliligini va og‘riqni kamaytirishda bajarilgan yuklama turlariga nisbatan variativ qo‘llash bo‘yicha takliflar Toshkent viloyati Chirchiq shahri sport maktabiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8218-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot oxirida 5,15 daqiqa uyqudan keyin yuguruvchilarda 76 % tiklanish kuzatilgan;
yugurish turlarida musobaqaning dastlabki, yarim final va final bosqichlari oralig‘ida ish qobiliyatini to‘liq ko‘rsatish uchun “Luxury Z-Sport” massajori yordamida beriladigan elektroimpulslar ta’sirida yuguruvchilarning tana mushaklarini bo‘shashtirish natijasida mushak hujayralaridagi energiya almashinuvini moddalar konsentratsiyasi va reaksiyani jadallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Sportning o‘yin turlari va engil ateltikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi yuguruvchilar mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8218-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuguruvchilarning oyoq mushaklaridagi hujayralarini energiya almashinuvini jaddalashtirish evaziga metobolizm tezligi ortqicha 500 kKal sarflanishi tejalishiga erishilgan;
yugurish turlarida hajmli va shiddatli yuklamalar hamda haftalik mikrotsikllardan so‘ng tiklanish tadbirlarini tizimli rejalashtirish uchun mushaklar faoliyatini turli yo‘nalishdagi (aeronizatsiya, segmentar massaj, issiq gidromassaj) qayta tiklovchi majmualarni kunlik yuklamalarning umumiy individual ta’siri bo‘yicha belgilangan davomiylikda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston engil atletika federatsiyasiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8218-son ma’lumotnomasi). Natijada sinaluvchi B.B-ov Samarqand yarim marafonida 10 000 metr masofada Sport ustasi me’yorini bajargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish