Maxmudov Azamjon Muxtarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy futbolda integral tayyorgarlikni kompleks nazorat qilish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped342.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Masharipov Farhod To‘raxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Artikov Asqar Akbarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh futbolchilarning integral tayyorlash uchun zamonaviy texnalogiyalardan foydalangan xolda texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan musobaqa faoliyati natijadorligiga ko‘maklashuvchi pedagogik ta’sirlar majmuasini ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
15-17 yoshli futbolchilarning maydondagi harakat faolligini aniqlash uchun katapult texnologiyasi yordamida maksimal tezlanishdagi sprint imkoniyatlarini aniqlash hisobiga turli vaqt oralig‘idagi faollikni boshqarish imkoniyati kengaytirilgan;
futbolchilarni o‘yin vaqtidagi maydonda bosib o‘tgan masofalari orqali maksimal tezlanish va maksimal tormizlanish natijalarini oshirishga qaratilgan mashqlar majmuasini kiritish hisobiga integral tayyorlash imkoniyati oshirilgan;
15-17 yoshli futbolchilarning individual psixologik nerv sistemasining tipologik xususiyatlari bo‘yicha kuchli va kuchsiz, muvozanatlik yoki muvozanatsiz harakatchan hamda harakatsizligini aniqlash hisobiga bor kuch imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga erishilgan;
nerv sistemasining tipologik xususiyatlari bo‘yicha darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchilarni futbol maydoning turli qismlarida o‘ynatish hisobiga futbolchilarni asosiy musobaqalarga ampulasi bo‘yicha maqsadli tayyorlash imkoniyati oshirilgan;
mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun “Cardi” dasturi asosida funksional holatini baholagan holda “Polar” tizimida yurak qisqarish chastotasi (YuQS) hamda harakatlanish tezligini kompleks nazorat qilish orqali mashqlarni turli shiddat zonalarida bajarishga mo‘ljallangan vositalarni sportchilarning toliqish darajasi (katta, o‘rta, kichik) belgilab berish hisobiga texnik usullarni maqsadli aniqligi takomillashtirilgan;
mashg‘ulot jarayonining turli shiddat zonalarida texnik usullarning maqsadli aniqligini oshirish uchun yurak urish chastotasi 120-140 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va guruhli, 141-160 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va jamoaviy va 161 zar/daq.dan yuqori shiddat zonasida bajariladigan individual, guruhli va jamoaviy topshiriqlarda toliqish darajasi bo‘yicha bajariladigan ixtisoslashtirilgan mashqlarning model tavsifini ishlab chiqish hisobiga mashqlar gradatsiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Futbol O‘zbekiston chempionatida qatnashadigan jamoalarda olib borilgan ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari davomida innovatsion texnologiyalardan foydalanish natijasida:
15-17 yoshli futbolchilarning maydondagi harakat faolligini aniqlash uchun katapult texnologiyasi yordamida maksimal tezlanishdagi sprint imkoniyatlarini aniqlash hisobiga turli vaqt oralig‘idagi faollikni boshqarish imkoniyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent sport maktabi futbol mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi №03-16/12933-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli vaqt oraliqlarida harakat faoliyat hajmi 21,1% ga (P≥0,05) oshgan;
futbolchilarni o‘yin vaqtidagi maydonda bosib o‘tgan masofalari orqali maksimal tezlanish va maksimal tormizlanish natijalarini oshirishga qaratilgan mashqlar majmuasini kiritish hisobiga integral tayyorlash imkoniyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar 15-17 yoshli futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi №03-16/12933-son ma’lumotnomasi). Natijada, “tormozlanish ko‘rsatkichlari” 15% gacha; — “tezlanish” darajasi 14,6% ga oshgan;
15-17 yoshli futbolchilarning individual psixologik nerv sistemasining tipologik xususiyatlari bo‘yicha kuchli va kuchsiz, muvozanatlik yoki muvozanatsiz harakatchan hamda harakatsizligini aniqlash hisobiga bor kuch imkoniyatlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha maqsadli tayyorlash imkoniyati oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar 15-17 yoshli futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi №03-16/12933-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologik tayyorgarlik darajasi 31,2% ga oshgan;
nerv sistemasining tipologik xususiyatlari bo‘yicha darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchilarni futbol maydoning turli qismlarida o‘ynatish hisobiga futbolchilarni asosiy musobaqalarga ampulasi bo‘yicha maqsadli tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar olimpi l mobi uz jamoasi (U-17) o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi №03-16/12933-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashg‘ulot jarayonining turli shiddat zonalarida texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish hisobiga 120-140 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va guruhli, 141-160 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va jamoaviy va 161 zar/daq.dan yuqori shiddat zonasida bajariladigan individual, guruhli va jamoaviy topshiriqlarda toliqish darajasini inobatga olib bajariladigan ixtisoslashtirilgan mashqlarning model tavsifi ishlab chiqilgan;
mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun “Cardi” dasturi asosida funksional holatini baholagan holda “Polar” tizimida yurak qisqarish chastotasi (YuQS) hamda harakatlanish tezligini kompleks nazorat qilish orqali mashqlarni turli shiddat zonalarida bajarishga mo‘ljallangan vositalarni sportchilarning toliqish darajasi (katta, o‘rta, kichik) belgilab berish hisobiga texnik usullarni maqsadli aniqligi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar TFA jamoasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi №03-16/12933-son ma’lumotnomasi);
mashg‘ulot jarayonining turli shiddat zonalarida texnik usullarning maqsadli aniqligini oshirish uchun yurak urish chastotasi 120-140 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va guruhli, 141-160 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va jamoaviy va 161 zar/daq.dan yuqori shiddat zonasida bajariladigan individual, guruhli va jamoaviy topshiriqlarda toliqish darajasi bo‘yicha bajariladigan ixtisoslashtirilgan mashqlarning model tavsifini ishlab chiqish hisobiga mashqlar gradatsiyasi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent sport maktabi futbol mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi №03-16/12933-son ma’lumotnomasi). Natijada, 15 yoshli futbolchilarda jismoniy tayyorgarlik 22,5% (16 yosh 21,6%, 17 yosh 17,5%) texnik tayyorgarlik 21,5% (16 yosh 20,5%, 17 yosh 18,5%), taktik tayyorgarlik 18,9% (16 yosh 22,9%, 17 yosh 22,9%), nazariy tayyorgarlik 35,6% (16 yosh 38,9%, 17 yosh 30,1%), psixologik tayyorgarlik 29,3 5 % (16 yosh 31,3%, 17 yosh 31,2%) ga yaxshilangan.