Aliev Elmurod Botirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Chigitni ta’minlash barabanining samarali konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”. 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4673
Ilmiy rahbar: Mamaxanov A’zam Abdumajitovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turdaliev Voxid Maqsudovich, t.f.d., professor, Sayidmurodov Mirzoxid Mirzraximovich, t.f.n., dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tukli chigitni ta’minlash barabani va unga harakatni uzatuvchi resusrtejamkor samarali qayishqoq elementli zanjirli uzatmalar konstruksiyalarini yaratish hamda ularning ishchi parametrlarini asoslashdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitning bunker devoridagi ishqalanish koeffisienti va barabanning tebranma harakati asosida bunker chiqish teshigidagi vertikal bosimni, ta’minlash barabaniga ta’sir etuvchi yuklanishni, chigit qatlamini kesuvchi kuchni, chigit oqimi miqdorini aniqlashning motematik modeli ishlab chiqilgan ;
tashqi kuch ta’siridagi baraban bo‘lagining tebranish qonuniyatini ifodalovchi dinamik modeli olinib, prujina bikirligining ortishi baraban tebranish chastotasini ortishiga olib kelishi aniqlanib, prujina bikirligi , baraban bo‘lagining tabranish chasotasi bo‘lganda chigit oqimini bir me’yorda bo‘lishi asoslangan;
vibratsion baraban va uni harakatga keltiruvchi tarkibli rolikli zanjirli uzatmani qo‘llanilganda ta’minlash unumdorligi 1,13 martaga ortishi, zanjirli uzatmaning ishlash resursi 1,15 martaga ortganligi aniqlangan;
tajribaviy usulda vibratsion baraban va uni harakatga keltiruvchi tarkibli rolikli zanjirli uzatma ta’minlash qurilmasida qo‘llanilganda ta’minlash barabani validagi burovchi moment va aylanish chastotasini o‘zgarish qonuniyatlari ta’minlash unumdorligiga bog‘liq ravishda bo‘lishi va burovchi moment tebranish oralig‘ining chiziqsiz qonuniyatda ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’minlash qurilmasi barabani va uni harakatga keltiruvchi zanjirli uzatmalarning yangi, resurstejamkor konstruksiyalarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qayishqoq elementli zanjirli uzatmalar konstruksiyasiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining 2 ta ixtiro va 1 ta foydali modelga patentlari olingan. Natijada, ta’minlash barabani yuritmalasida harakatni uzatish mexanizmlari ishlash muddati va ishonchliligini oshirish, ish zonalarida shovqin darajasini kamaytirish imkoni yaratilgan;
Ta’minlash barabani va unga harakatni uzatish mexanizmlari ratsional parametrlari “Namangantolatekstil” MChJda joriy etilgan (Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 30 avgustdagi KC/3-291–son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik tizimda tukli chigit ta’minlanishini uzlyuksiz bir me’yorda ta’minlanishi ta’minlangan va yuritmalarining to‘xtalishlar sonini o‘rtacha 2 marta kamayishiga, chigitni linterlash mashinalariga taqsimlab beruvchi baraban yuritmasining ish unumi yillik 1,13 marta oshishiga hamda yuritmalarining ishchi resursi 1,15 marta oshishiga erishilgan.