Fattoev Firuz Farhod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahsulot sifatini nazorat qilishda standartlashtirishning konseptual asoslari (donni qayta ishlash misolida)”, 05.02.04 – Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T1964.
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Abduqayumovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Abduqaxxor Abdulxaievich texnika fanlari doktori, professor; Ruziev Umidjon Abdimajitovich texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: don mahsulotlarini qayta ishlash korxonasining me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ta’sirlarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali korxonaning standartlashtirish tizimi va xizmatini rivojlantirish, xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiqligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ehtimollar matrisasi asosida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda vujudga keladigan xavflarni baholash imkoniyatini beruvchi korxonaning standartlashtirish jarayoni modeli ishlab chiqilgan;
mahsulot va faoliyat bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish imkonini beruvchi xalqaro standartlar talablariga uyg‘unlashtirish asosida korxonaning standartlashtirish tizimini rivojlantirishning algoritmi ishlab chiqilgan;
binar tasniflash modeli asosida donni qayta ishlash korxonasida mahsulotni ishlab chiqarish faoliyati hujjatlarini tasniflash hamda balli shkala bo‘yicha baholash va vaziyatlarni tavsiflash imkonini beruvchi biznes-jarayonlarni standartlashtirish usuli ishlab chiqilgan;
noqat’iy mantiq asosida korxona standart (hujjatlashtirilgan axborot)larini ishlab chiqish jarayonlaridagi xavflarni aniqlash va tahlil qilish imkonini beruvchi ekspert tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mahsulot sifatini nazorat qilishda standartlashtirishning konseptual asoslari (donni qayta ishlash misolida)” olingan ilmiy natijalar asosida:
korxona me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdagi xavflarni baholashning ehtimollar matrisasi asosida korxonaning standartlashtirish jarayoni modeli “Navoiydonmahsulotlari” AJda joriy qilingan (“Navoiydonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 19-apreldagi №02-03/277-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona ISO 9001:2015 xalqaro standartlari asosida standartlashtirish va sifat boshqaruvi tizimini yo‘lga qo‘yishga erishilgan.
donni qayta ishlash korxonasida mahsulotni ishlab chiqarish faoliyati hujjatlarini tasniflashning balli shkala bo‘yicha baholash va biznes-jarayonlarni standartlashtirish usuli “Navoiydonmahsulotlari” AJda korxona standartlari (hujjatlashtirilgan axborot) amaliyotida joriy qilingan (“O‘zdonmahsulotlari” aksiyadorlik kompaniyasining 2023-yil 27-apreldagi №6-1-2/59-319-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning standartlashtirish tizimiga xalqaro talablarni kiritish vaqtini 10 oygacha qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish