Samadiy Sitora Abdusalimzodaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sabzavot ekinlari hosildorligini oshirishda endofit bakteriyalarning potensiyalini o‘rganish», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/B1282.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abduxalikovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich. biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitda keng etishtiriladigan ba’zi bir dorivor o‘simliklardan endofit bakteriyalar izolyatlarini ajratish va ularning sabzavot ekinlari fitopatogenlariga qarshi biologik faolligini aniqlash orqali biotexnologik potensialini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ajratilgan mahalliy endofit bakteriya izolyatlari (151 ta), sabzavotlarning (Cucumis sativus, Solanum lycopersicum, Capsicum annuum) o‘sishini, rivojlanishini rag‘batlantirishi va fitopatogenlarga (F.oxysporum, F.solani) qarshi faolligi bo‘yicha skrining qilingan;
Shifobaxsh Shalfey (Salvia offisinalis L.) vegetativ organlari ichki qismidan 22, Arpabodiyondan (Foenisulum vulgare Mill.) – 25, Pijmadan (Tanasetum vulgare L.) – 19, shifobaxsh Kalenduladan (Salendula offisinalis L.) – 29, sohta Irisdan (Iris pseudasorus L.) – 34, Erqalampirdan (Armorasia rustisana G. Gaertn, B.Mey & Ssherb) – 22 endofit bakteriya izolyatlari, takroriy ekish va mikroskopiya usullari yordamida tozalab olingan bakterial sof kulturalar kolleksiyasi yaratilgan;
ilk bor endofit bakteriyalarning P.jessenii AST-3 (OP520933.1), BRT-3 (OP520934.1), BST-10 (OP520935.1,), P.extremaustralis CST-6 (OP520938.1), P.lini FRN-1 (OP520939.1), P.kilonensis FRT-12 (OP520940.1), P.putida FRT-13 (OP520941.1), P.oryzihabitans shtammlarining molekulyar toksonomik (16S rRNK) o‘rni aniqlangan;
faol endofit bakteriyalarning mo‘tadil o‘sib, rivojlanishini ta’minlovchi ozuqa muhiti tarkibi (g/l: soya poyasi-250,0; Agar-agar-15,0; (NH4)2HPO4-1,0; NaCl-1,0), o‘stirish sharoitlari (pH-7.0-7.2; 28-30C, o‘stirish davomiyligi-120 soat), inokulyat-suspenziyadagi shtammlar nisbati, suspenziyani qo‘llash shakli va me’yori tanlanib, namunaviy biopreparat olish biotexnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sabzavot ekinlari hosildorligini oshirishda endofit bakteriyalarning potensiyalini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
5 turga mansub dorivor o‘simliklardan (Foeniculum vulgare Mill., Tanacetum vulgare L., Calendula officinalis L., Iris pseudacorus L., Armoracia rusticana G.Gaertn, B.Mey & Scherb) endofit bakteriyalarning 11 ta sof kulturalari (P.jessenii-AST-3, P.jessenii-BRT-3, P.jessenii-BST-10, P.extremaustralis-CST-6, P.lini-FRN-1, P.kilonensis-FRT-12, P.putida-FRT-13, P.oryzihabitans-FST-7, P.aenibacillus typhae-KRN-1, P.azotoformans-HRT-18, B.toyonensis-HRT-5,) ajratilgan, ularning molekulyar toksonomik o‘rni o‘rnatilgan va AQSh milliy biotexnologiya axborot markazi (NCBI), Evropa nukleotidlar arxivida (EMBL-EBI, RNAcentral) hamda kodlanmaydigan RNK ketma-ketligi (ENA, The European Nucleotide Archive) xalqaro ma’lumotlar bazalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/, https://www.ebi.ac.uk/, https://www.ebi.ac.uk/ena/browser/view). Natijada, endofit bakteriyalarning Pseudomonas avlodiga mansub, jessenii, lini, kilonensis, putida, oryzihabitans, azotoformans, Bacillus avlodiga mansub Bacillus toyonensis, Paenibacillus avlodiga mansub typhae turlarini tadqiq qilishda mintaqalararo foydalanish hamda mavjud xalqaro ma’lumotlar bazasi tarkibini boyitish imkonini bergan;
“Endofit_Uz” biopreparatini qo‘llashning tanlangan maqbul konsentratsiyasi Sirdaryo viloyatida Chambil fermer xo‘jaligi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024-yil 13-avgustdagi 01/04-1458-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 5 l/ga (3,2×107 huj/ml) konsentratsiyasini amaliyotga tabiq etish natijasida bodringning “Orzu-F1” navida 651-657 ming.so‘m, pomidorning “Jalil-F1” navida 848-864 ming.so‘m, bulg‘or qalampirining “Tamara-F1” navida 1326-1356 ming.so‘m qo‘shimcha iqtisodiy foyda olish imkonini bergan;
endofit baktriyalar majmuasi asosida bakteriologik suspenziya shaklidagi biopreparat Qashqadaryo viloyatining Chashmazor ota fermer xo‘jaligi hamda Sirdaryo viloyatining, Musaffo Sunnat va Chambil ko‘chasi fermer xo‘jaliklari issiqxonalarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-dekabr 05/06-04-677-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyaotlaridagi issiqxona sharoitida nazorat variantga nisbatan mos ravishda “Orzu F1” navli bodringdan 21,7-21,9% ga, “Jalil F1” pomidor navidan 21,2-21,6% hamda “Tamara F1” duragay navli bulg‘or qalampiridan 22,1- 22,6% ga ortishi imkonini bergan.