Fozilov Botirjon Zakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi (5-7-sinflar misolida)”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (huquqiy ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped2754
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruza Usmonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Madina Sobirjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Halimova Mashraboy Voxidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-7-sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning korreksion-pedagogik shart-sharoitlari o‘quv-chilarning aqliy, nutqiy faoliyati mazmuniga daxldorlikka, faol harakatga moti-vatsiyalovchi ijtimoiy-huquqiy talablarni fuqarolik pozisiyasi barqarorligida kiritish asosida aniqlashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda faol fuqarolik kompetensiyasini shakllan-tirishning metodik modeli bunyodkor ko‘ngilli harakatlarga yo‘naltiruvchi korreksion-metodik tizimni motivatsion, instruktiv, konstruktiv, refleksiv bosqich-larda og‘zaki, yozma, daktil, imo-ishora nutq integratsiyasiga moslashuvchanligiga ko‘ra adaptiv-lashtirish asosida takomillashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda faol fuqarolik kompetensiyasini shakllan-tirish texnologiyalari davlat va jamiyat munosabatlariga kompleks tayyorlashga mo‘ljallangan tadqiqotchilik, ijodiy, integrativ loyihalarni yakka va jamoaviy ish turlari bilan uyg‘unligini ijtimoiy impuls muhitida ta’sirchanlik tavsifiga ko‘ra ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning didaktik ta’minoti pedagogik jamoaning faol fuqarolik hatti-harakatlari va o‘quvchilarning fuqarolik portreti sifatlarini baholashga yo‘naltirilgan ijtimoiy flaer, huquqiy lug‘atni salbiy ta’sirlarga qarshi pozisiya modellarida integratsiyaga qulayligiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Kar va zaif eshituvchi 5-7-sinf o‘quvchilarining faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
5-7-sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning korreksion-pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarning aqliy, nutqiy faoliyati mazmuniga daxldorlikka, faol harakatga motivatsiyalovchi ijtimoiy-huquqiy talablarni fuqarolik pozisiyasi barqarorligida kiritishga oid tavsiyalar “Maxsus pedagogika asoslari” (Logopediya) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 68-774-raqamli guvohnoma). Natijada kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayo-nining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda faol fuqarolik kompetensiyasini shakllanti-rishning metodik modeli bunyodkor ko‘ngilli harakatlarga yo‘naltiruvchi korreksion-metodik tizimni motivatsion, instruktiv, konstruktiv, refleksiv bosqichlarda og‘zaki, yozma, daktil, imo-ishora nutq integratsiyasiga moslashuvchanligiga ko‘ra adaptiv-lashtirishga oid takliflar “Tiflopedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyru-g‘iga asosan tasdiqlangan 94-543-raqamli guvohnoma). Natijada faol fuqarolik kom-petensiyasini shakllantirish bo‘yicha metodik tizimning barcha turdagi nogiron bolalar misolida qo‘llanilishiga erishilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish-ning didaktik ta’minoti pedagogik jamoaning faol fuqarolik hatti-harakatlari va o‘quvchilarning fuqarolik portreti sifatlarini baholashga yo‘naltirilgan ijtimoiy flaer, huquqiy lug‘atni salbiy ta’sirlarga qarshi pozisiya modellarida integratsiyaga qulayligiga ko‘ra qo‘llashga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokom-paniyasi “Ozbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (2021-2022-yillarda, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-avgustdagi 04-36-1393-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 5-7-sinf o‘quvchilarining faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishga oid tavsiyalarning keng targ‘ib qilinishi va joriy etilishiga erishilgan.