Alieva Dilfuza Akmalevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportchilarda Covid-19 immunoprofilaktikasi dasturini ishlab chiqishni ilmiy-uslubiy asoslash» 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot va 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib670.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/08.05.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar:  Fozilov Abduqaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gavrilova Elena Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqdiqotning maqsadi: sportchilarni koronavirus infeksiyasiga (Covid-19) qarshi emlash chora-tadbirlarini tashkillashtirish va immunoprofilaktika dasturini ishlab chiqish va uslubiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor, turli sport bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston sportchilarini jismoniy rivojlanish darajasini, morfofunksional holatini baholash o‘tkazildi va uyg‘unlashmagan jismoniy rivojlanish hamda sport turi, ayniqsa yakkakurashchilar (dzyudo va erkin kurash) orasidagi o‘zaro bog‘liqligi asoslangan, bu holatni emlash dasturini tuzishda xisobga olinishi asoslangan;
sportchilar klinik-laborator qon o‘lchamlari, biokimyoviy ko‘rsatkichlari va gormonal holati asosida aniqlangan jismoniy salomatlik darajasi bo‘yicha asosiy salomatlik guruhiga (I-chi guruh, yuqumli-yallig‘lanishli surunkali kasalliklarisiz) muvofiq ekanlilari aniqlangan;
sportchilarda, jismoniy faolligi yuqori bo‘lgan insonlarda «Sputnik-V» vaksinasi bilan immunoprofilaktika o‘tkazish, biokimyoviy ko‘rsatkichlar va qon umumiy tahlilida buzilishlarni vujudga keltirmay, immunitetda sezilarli dinamik o‘zgarishlarsiz immun tizimi himoya mexanizmlarini faollashtirishi, oshirishi, hamda vaksinani xavfsiz qo‘llanilishini ta’minlashi isbotlangan;  
sportchilarda, immun tizimi faoliyatini susaytiruvchi salbiy omillar bo‘lib, havotirlanishni o‘rta va yuqori darajalari, nazoratni talab etuvchi psixoemotsional holat va ijtimoiy moslashuvchanlik, hayot sifatini baholashda psixologik xotirjamlik va ijtimoiy munosabatlar pasayishi  isbotlangan;
sportchilarni «Sputnik-V» bilan emlanganda tug‘ma immunitet xujayrali omillari darajasi (leykotsitlar va neytrofillar r=0,85; leykotsitlar va monotsitlar r=0,73) bo‘yicha korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sportchilarda Covid-19 immunoprofilaktikasi dasturini ishlab chiqishni ilmiy-uslubiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, turli sport bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston sportchilarini jismoniy rivojlanish darajasini, morfofunksional holatini baholash o‘tkazilgan va uyg‘unlashmagan jismoniy rivojlanish hamda sport turi, ayniqsa yakkakurashchilar (dzyudo va erkin kurash) orasidagi o‘zaro bog‘liqligi asoslangan, bunday holatlarni emlash dasturini tuzishda xisobga olish zarurligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024 yil 24 iyundagi №6152-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Sportchilarda Covid-19 immunoprofilaktikasi dasturini ishlab chiqishni ilmiy-uslubiy asoslash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2022 yil 21 noyabrdagi shartnoma asosida va Andijon sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2023 yil 06 yanvardagi 01-sonli shartnoma asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 04/15 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jismoniy rivojlanish, morfofunksional holat asosida olingan natijalar O‘zbekiston sport kontingentining salomatligi, jismoniy tayyorgarligini va umumiy holatini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha foydalanilgan usullarga nisbatan standart usullar (antropometrik, morfofunksional) sportchilarning sog‘lig‘ini baholashda xarajatlarini kamaytirishdan iborat, bunda tibbiy yordam sifatini oshirishda ushbu dasturdan foydalanishda 4831200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: sportchilar klinik-laborator qon o‘lchamlari, biokimyoviy ko‘rsatkichlari va gormonal holati asosida aniqlangan jismoniy salomatlik darajasi bo‘yicha asosiy salomatlik guruhiga (I-chi guruh, yuqumli-yallig‘lanishli surunkali kasalliklarisiz) muvofiqligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024 yil 24 iyundagi №6152-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Sportchilarda Covid-19 immunoprofilaktikasi dasturini ishlab chiqishni ilmiy-uslubiy asoslash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2022 yil 21 noyabrdagi shartnoma asosida va Andijon sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2023 yil 06 yanvardagi 01-sonli shartnoma asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 04/15 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: emlash jarayonida qarshi ko‘rsatmalar uchun klinik-laborator qon ko‘rsatkichlari asosida sportchilarda surunkali yuqumli-yallig‘lanish xolatlari rivojlanishi xavfini aniqlash, o‘z o‘rnida bu vaksinani toksik-allergik reaksiya ko‘rinishida bo‘lgan nojo‘ya ta’sirini oldini olish, sportchini umumiy salomatligi xolatiga va sport natijalariga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha uslubiy tavsifnoma ishlab chiqilgan, amaliyotga joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha foydalanilgan usullarga nisbatan standart usullar (antropometrik, morfofunksional) sportchilarning sog‘lig‘ini baholashda xarajatlarini kamaytirishdan iborat, bunda tibbiy yordam sifatini oshirishda ushbu dasturdan foydalanishda 4831200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: sportchilarda, jismoniy faolligi yuqori bo‘lgan insonlarda «Sputnik-V» vaksinasi bilan immunoprofilaktika o‘tkazish, biokimyoviy ko‘rsatkichlar va qon umumiy tahlilida buzilishlarni vujudga keltirmay, immunitetda sezilarli dinamik o‘zgarishlarsiz immun tizimi himoya mexanizmlarini faollashtirishi, oshirishi, hamda vaksinani xavfsiz qo‘llanilishini ta’minlashi isbotlash bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024 yil 24 iyundagi №6152-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Sportchilarda Covid-19 immunoprofilaktikasi dasturini ishlab chiqishni ilmiy-uslubiy asoslash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2022 yil 21 noyabrdagi shartnoma asosida va Andijon sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2023 yil 06 yanvardagi 01-sonli shartnoma asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 04/15 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sog‘lig‘i va jismoniy ko‘rinishi o‘zgacha bo‘lgan sportchilarni emlash xavfsiz va samaradorli ekanligini asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma kasallik xavfini pasaytirish, mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartirish, jismoniy mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormasdan, natijalarni susaytirmasdan, jismoniy faollik darajasini optimal saqlab qolishdan iborat, bunda tibbiy yordam sifatini oshirishda ushbu dasturdan foydalanishda 4831200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sportchilarda, immun tizimi faoliyatini susaytiruvchi salbiy omillar bo‘lib, havotirlanishni o‘rta va yuqori darajalari, nazoratni talab etuvchi psixoemotsional holat va ijtimoiy moslashuvchanlik, hayot sifatini baholashda psixologik xotirjamlik va ijtimoiy munosabatlar pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024 yil 24 iyundagi №6152-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Sportchilarda Covid-19 immunoprofilaktikasi dasturini ishlab chiqishni ilmiy-uslubiy asoslash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2022 yil 21 noyabrdagi shartnoma asosida va Andijon sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2023 yil 06 yanvardagi 01-sonli shartnoma asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 04/15 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunoprofilaktika o‘tkazishda sportchilar xavotirlanish darajasini o‘rnatish, ularni xissiy va psixologik xolatlarini aniqlash imkoniga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma xavotirlanishni yuzaga keltiruvchi omillarni chuqur tushunish, emlashga tayyorgarlikni va barcha sportchilarni yuqori darajada qamrab olishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat, bunda tibbiy yordam sifatini oshirishda ushbu dasturdan foydalanishda 4831200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.
beshinchi ilmiy yangilik: sportchilarni «Sputnik-V» bilan emlanganda tug‘ma immunitet xujayrali omillari darajasi (leykotsitlar va neytrofillar r=0,85; leykotsitlar va monotsitlar r=0,73) bo‘yicha korrelyasion bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024 yil 24 iyundagi №6152-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Sportchilarda Covid-19 immunoprofilaktikasi dasturini ishlab chiqishni ilmiy-uslubiy asoslash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2022 yil 21 noyabrdagi shartnoma asosida va Andijon sportchilarni olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 2023 yil 06 yanvardagi 01-sonli shartnoma asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 04/15 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sportchilarni «Sputnik-V» bilan emlash kasallanishni yangi holatlari sonini kamaytirish, kasallikni og‘ir kechishini pasaytirish, sport kontingenti orasida virus tarqalishi ehtimolini susaytirib jamoaviy immunitet hosil qilishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma emlash jismoniy-o‘quv bazalarini yopish, musobaqalarni bekor qilish kabi majburiy cheklov choralar bilan bog‘liq yo‘qotishlarni minimallashtirishga yordam beradi, bunda tibbiy yordam sifatini oshirishda ushbu dasturdan foydalanishda 4831200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi

Yangiliklarga obuna bo‘lish