Raxmonova Yulduz Sharafitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda investisiyaviy ko‘chmas mulklar buxgalteriya hisobini takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3832
Ilmiy rahbar: Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratov Radjapbay Davletbayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Barakev Otabek Otaqulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda investisiyaviy ko‘chmas mulklar buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro standartlarga muvofiq investsiyaviy ko‘chmas mulklarni tan olishning mezonlari “ta’rifi talablariga javob berishi – qiymatining oshishi hisobidan iqtisodiy naf olishning yuqori ehtimoli – ishonchli baholash mumkinligi” zanjiri asosida investisiyaviy ko‘chmas mulklar qiymatining oshishi natijasida olingan daromadni foyda va zararlar tarkibida hisobga olish tavsiya etilgan;
investisiyaviy ko‘chmas mulklarning boshlang‘ich tannarxi uning xaridi va o‘rnatilish bilan bog‘liq barcha xarajatlardan eski almashtiriladigan qismlar va butlovchi tizimlar tannarxini chegirib tashlash hamda yangi o‘rnatilayotgan qismlar va butlovchi tizimlarning tannarxini qo‘shish orqali aniqlashning yangi uslubiy yondashuvi ishlab chiqilgan;
xalqaro standartlarga o‘tayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ishchi schyotlar rejasiga 0191 “Investisiyaviy ko‘chmas mulk: er”, 0192 “Investisiyaviy ko‘chmas mulk: bino”, 0193 “Moliyaviy ijaraga olingan investisiyaviy ko‘chmas mulklar”, 9391 “Investisiyaviy ko‘chmas mulklarning qiymatining oshishidan olingan daromadlar” schyotlarini kiritish hamda asosiy buxgalteriya yozuvlari ishlanmalari tavsiya etilgan;
investisiyaviy ko‘chmas mulklarni boshlang‘ich tannarxi modelida baholash maqsadida uning balans qiymati qoplanadigan qiymatidan katta bo‘lgan hollarda qadrsizlanishdan zararni tan olish, qoplanadigan qiymatni aniqlash hamda 0320-schyot “Investisiyaviy ko‘chmas mulk bo‘yicha jamg‘arilgan qadrsizlanishdan zarar” schyotini yuritish, shuningdek asosiy buxgalteriya ishlanmalari taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalarda investisiyaviy ko‘chmas mulklar buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro standartlarga muvofiq investsiyaviy ko‘chmas mulklarni tan olishning mezonlari “ta’rifi talablariga javob berishi – qiymatining oshishi hisobidan iqtisodiy naf olishning yuqori ehtimoli – ishonchli baholash mumkinligi” zanjiri asosida investisiyaviy ko‘chmas mulklar qiymatining oshishi natijasida olingan daromadni foyda va zararlar tarkibida hisobga olish bo‘yicha taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” hamda “Jomboy Don Mahsulotlari” AJlarining hisob siyosatlariga joriy qilingan (“Samarqanddonmahsulotlari” AJning 2024 yil 28 apreldagi №64/3-02-son, “Jomboy Don Mahsulotlari” AJning 2024 yil 6 maydagi ma’lumotnomalari). Natijada, investisiyaviy ko‘chmas mulklarni tan olish, uning qiymatining oshishi evaziga olingan daromadlarni foyda va zararlarda haqqoniy aks ettirish, shuningdek korxonaning rentabellik darajasini oshirishga erishilgan;
investisiyaviy ko‘chmas mulklarning boshlang‘ich tannarxi uning xaridi va o‘rnatilish bilan bog‘liq barcha xarajatlardan eski almashtiriladigan qismlar va butlovchi tizimlar tannarxini chegirib tashlash hamda yangi o‘rnatilayotgan qismlar va butlovchi tizimlarning tannarxini qo‘shish orqali aniqlashning yangi uslubiy yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda “Samarqanddonmahsulotlari” hamda “Samarqand Dori-Darmon” AJlarining hisob siyosatlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 12 sentyabrdagi 08/43-2-19047-son, “Samarqanddonmahsulotlari” AJning 2024 yil 28 apreldagi №64/3-02-son, “Samarqand Dori-Darmon” AJning №MV-11/142-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiyaviy ko‘chmas mulklarning xalqaro standartlarga muvofiq boshlang‘ich qiymati to‘g‘risidagi axborotlarning to‘g‘ri, ishonchli va haqqoniy bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilgan;
xalqaro standartlarga o‘tayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ishchi schyotlar rejasiga 0191 “Investisiyaviy ko‘chmas mulk: er”, 0192 “Investisiyaviy ko‘chmas mulk: bino”, 0193 “Moliyaviy ijaraga olingan investisiyaviy ko‘chmas mulklar”, 9391 “Investisiyaviy ko‘chmas mulklarning qiymatining oshishidan olingan daromadlar” schyotlarini kiritish hamda asosiy buxgalteriya yozuvlari ishlanmalari bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda “Samarqanddonmahsulotlari”, “Samarqand Dori-Darmon” hamda “Samarqand Suv Ta’miniti” AJlarining hisob siyosatlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 12 sentyabrdagi 08/43-2-19047-son, “Samarqanddonmahsulotlari” AJning 2024 yil 28 apreldagi №64/3-02-son, “Samarqand Dori-Darmon” AJning №MV-11/142-son hamda “Samarqand Suv Ta’miniti” AJning 2024 yil 29 apreldagi №01/05-498 ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida buxgalteriya hisobining investisiyaviy mulkka doir axborot qamrovini kengaytirish, nazorat hamda boshqaruv qarorlari sifatini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
investisiyaviy ko‘chmas mulklarning boshlang‘ich tannarxi modelida baholash maqsadida uning balans qiymati qoplanadigan qiymatidan katta bo‘lgan hollarda qadrsizlanishdan zararni tan olish, qoplanadigan qiymatni aniqlash hamda 0320-schyot “Investisiyaviy ko‘chmas mulk bo‘yicha jamg‘arilgan qadrsizlanishdan zarar” schyotini yuritish, shuningdek asosiy buxgalteriya ishlanmalari bo‘yicha taklifi “Samarqanddonmahsulotlari”, “Samarqand Dori-Darmon” hamda “Samarqand Suv Ta’minoti” AJlarining hisob siyosatlariga joriy qilingan “Samarqanddonmahsulotlari” AJning 2024 yil 28 apreldagi №64/3-02-son, “Samarqand Dori-Darmon” AJning 2024 yil 17 maydagi №MV-11/142-son hamda “Samarqand Suv Ta’minoti” AJning 2024 yil 29 apreldagi №01/05-498 ma’lumotnomalari). Natijada, investisiyaviy ko‘chmas mulk hisobini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, haqqoniy tannarxini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.