Melikulova Gavxar Eshboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ekologik toza, ozuqabop ammoniy, kal`siy va kaliy fosfatlari olishning chiqindisiz, samarali texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T777.
Ilmiy maslahatchilar: Tojiev Rustam Rasulovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Axmet Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Zokirov Baxtiyor Sobirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Pulatov Xayrulla Lutpullaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MQ fosforitlaridan olingan EFK, ohaktosh, flotatsion KCI asosida mineral qo‘shimchalar, ozuqabop va undan yuqori tozalikdagi donador hamda kristall NH4N2RO4, Sa(N2RO4)2, SaNRO4, Sa3(RO4)2 va KN2RO4 ni olishning chiqindisiz, energiya va resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MQ fosforitidan olingan EFKni ammonizatsiya yo‘li bilan F-, SO4-2, AI+3, Fe+2/+3, Ca+2, Mg+2 va boshqa zararli aralashmalardan chuqur tozalash jarayonlarining qonuniyatlari va texnologik omillarning maqbul sharoitlari aniqlangan; 
ammofos va MAF-A o‘g‘itlari asosidagi sanoat mahsulotlaridan aralashmalardan tozalangan ozuqabop tozalikdagi eritmalar olish jarayonlarining sharoitlari va maqbul texnologik omillari aniqlangan;
MQ fosforitining F- va SO4-2 anionlaridan tozalangan EFKni bug‘latish jarayonida R2O5 konsentratsiyasining keng oralig‘idagi ftorsizlantirilgan va sul`fatsizlantirilgan EFK bilan ohaktoshni parchalab ozuqabop, donodorlangan Sa(N2RO4)2 olish jarayonlaridagi kimyoviy tarkib va reologik xossalarga texnologik omillarning ta’sir qonuniyatlari aniqlangan;
ilk bor siklik usulda ohaktoshni konsentrlangan EFKning yuqori me’yorlarida parchalab ozuqabop, kristall shakldagi Sa(N2RO4)2 olish jarayonlarini texnologik omillarining maqbul sharoitlari aniqlangan; 
ilk bor ohaktoshni tozalangan EFK bilan parchalash hamda NH4N2RO4 eritmasini konsentrlangan Sa(NO3)2.4H2O eritmasi va ohaktosh bilan konversiyalash orqali ozuqabop SaNRO4 va Sa3(RO4)2 olingan va texnologik omillarning maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor MQ fosforitidan olingan ammofos va MAF-A o‘g‘itlari, ammoniy fosfat quyqalari va EFKni kompleks qayta ishlash yo‘li bilan ekologik toza, ozuqabop va undan yuqori tozalikdagi, donodor va kristal shakllardagi NH4N2RO4, Sa(N2RO4)2, SaNRO4, Sa3(RO4)2 olishning chiqindisiz texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
MQ fosforitidan olingan NaN2RO4 eritmasini KCI ishtirokida konversiya qilib KN2RO4 olish jarayonining maqbul texnologik omillari tajribada o‘rnatilgan va to‘rt komponentli K+,Na+//Cl-,H2PO4--H2O sistemasining eruvchanlik diagrammasi bo‘yicha nazariy asoslangan; 
NaN2RO4 eritmasini flotatsion KCI ishtirokida konversiya qilib KN2RO4 ishlab chiqarishning moddiy oqimi va balansi tuzilgan, chiqindisiz texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. MQ fosfat xomashyosidan olingan EFKni chuqur tozalash texnologiyasini ishlab chiqish va uning asosida yuqori sifatli ozuqabop NH4N2RO4, Sa(N2RO4)2, SaNRO4, Sa3(RO4)2 va KN2RO4 ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan “Suyuq azot-kal`siyli o‘g‘itlar olish usuli”ga (IAP 05606, 2013) patent olingan. Natijada, konsentrlangan Sa(NO3)2.4H2O eritmasi olish va uni qo‘llab MQ YuKFK-ning EFKsi olish imkonini bergan;
MQ YuKFKdan ozuqabop va undan yuqori tozalikdagi N3RO4 tuzlarini ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan F- va SO4-2 dan tozalangan va konsentrlangan EFK olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ-QKda amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023 yil 10 iyuldagi 98-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilk bora Respublikada MQ YuKFKdan ozuqabop va toza fosfat tuzlarini ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan tozalangan EFK olish imkonini bergan;
MQ YuKFKdan olingan EFK asosida tozalangan EFKni NH3 va ohaktosh bilan qayta ishlab ozuqabop va undan yuqori tozalikdagi, donodor va kristal shakllardagi NH4N2RO4, Sa(N2RO4)2, SaNRO4, Sa3(RO4)2 va KN2RO4 ishlab chiqarish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ-QKda amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023 yil 10 iyuldagi 98-son ma’lumotnomasi). Natijada, MQ YuKFKdan olingan EFK asosida ozuqabop va undan yuqori tozalikdagi NH4N2RO4, Sa(N2RO4)2, SaNRO4, Sa3(RO4)2 va KN2RO4 olish imkonini bergan; 
MQ fosforitlaridan olingan NaN2RO4 eritmasini flotatsion KCI bilan konversiya qilish orqali KN2RO4 ni olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ-QKda amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023 yil 10 iyuldagi 98-son ma’lumotnomasi). Natijada, nafaqat tomchilatib sug‘orish va gidroponikaga yaroqli bo‘lgan, suvda eriydigan, xlorsiz kaliyli o‘g‘it olish, balki hayvonlar uchun yaroqli bo‘lgan ozuqalar va undan yuqori tozalikdagi mahsulot olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish