Sidikova Zulfiya Murodjon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali ajdodlar merosidan foydalanishning zamonaviy yondashuvlari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5136
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova Manzura Avazbekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali ajdodlar merosidan foydalanishga  oid tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali ajdodlar merosini o‘rgatishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarini  aniqlashtirish;
“Tarbiya” fanini o‘qitish orqali o‘quvchilariga ajdodlar merosidan foydalanish metodini takomillashtirish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali ajdodlar merosidan foydalanishga doir funksional modelni takomillashtirish;
“Tarbiya” darslarida ajdodlarimizning pedagogik ta’limotlari bilan tarixiy va zamonaviy yondashuvlarni integratsiyalash orqali ajdodlar merosini o‘rgatishning rivojlanlanganlik darajasini belgilovchi mezonlar va ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali ajdodlarimiz merosidan foydalanishga oid tadqiqot natijalari asosida:
“Tarbiya” fanini o‘qitish orqali ajdodlar merosidan foydalanishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari kollaborativ hamkorlik, korporativlik, kommunikativlik, o‘zaro bog‘liqlik tamoyillarini moderator, fasilitator kabi innovatsion pedagogik faoliyat mazmunini optimallashtirish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari uchun “Umumiy pedagogika” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0288-raqamli guvohnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ajdodlar merosini o‘rgatishga doir qiziqishlari, motivlari va ehtiyojlari rivojlantirilgan;
“Tarbiya” fanini o‘qitish jaryonida o‘quvchilarni ajdodlar merosidan foydalanish metodi layoqati, ijodiy motivlari, refleksiv fikrlari, o‘qitish jarayonlarini integratsiyasining belgilash, variativ o‘quv resurslarini yaratish bo‘yicha hamda tizimli innovatsion yondashuvlarni optimallashtirish asosida tokomillash orqali amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022 yil davomida bajarilgan  AOT-2021-11 raqamli O‘zbek xalqi  diniy va milliy qadriyatlari  kompleksining  elektron-transplipach platformasini yaratish  mavzusidagi  loyihada belgilangan vazifalarni   bajarishda foydalanilgan. Natijada amaliy- metodik ta’minotning samaradorligini oshirishga erishilgan;
ajdodlarimiz merosi tavsifi asosidagi tarixiy va zamonaviy tendensiyalarni uyg‘unlashtirgan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali didaktik ta’minoti o‘quvchilarning ta’lim traektoriyasini belgilashga xizmat qiluvchi mezonlar va ko‘rsatkichlarni tashkil etish asosida takomillashtirishga oid takliflardan   60110500 - Boshlang‘ich ta’lim “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 04-martdagi 55-son buyrug‘i, 834076-raqamli guvohnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada “Tarbiya” fani hamda “O‘qish” fanlarini  integratsiyalashga  xizmat qilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish