Jo‘raeva Turg‘unoy Umarjonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nofilologik yo‘nalish talabalari misolida).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 8180 (B2024.3.)
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Shaamirova Yulduzxon Kabildjanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich pedagogika fanlari doktori, professor; Satarov Aleksandr Xoshimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedgogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning mazmuni muloqot jarayonida axborotlarni idrok qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatishga mo‘ljallangan o‘zini o‘zi baholash va rivojlantirish kabi refleksiv bilim va ko‘nikmalarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli axborot almashinuvida ta’lim jarayoni subektlarining intellektual darajasi, bilim, ko‘nikma hamda axborotlarni o‘zlashtirish, xulosa chiqarish bilan tugallanadigan ichki munosabatlarni belgilovchi aloqadorlik jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘zlashtirilgan va tajribada sinalgan pedagogik innovatsiyalarning yangi sharoitlarga moslashtirilgan tarzda interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti o‘quv faoliyatida ma’lumot olish orqali axborotlardan xabardor bo‘lish, ulardan foydalanish, muhim va zarur axborotlarni taqqoslay olish, ekstreorizatsiya va ijtimoiy pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan metodik jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilini o‘qitish orqali talabalarni kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning nazariy-amaliy xususiyatlari tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning mazmuni muloqot jarayonida axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatishga mo‘ljallangan o‘zini o‘zi baholash va rivojlantirish kabi refleksiv ko‘nikma va bilimlarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlarni takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston milliy universitetida 2021-2022-uillarda bajarilgan A-OT-2021-461- sonli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha multimediya texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy universiteti 2024-uil 14-dekabrdagi № 04/11-7229 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim rus tilida olib boriladigan guruh talabalarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli axborot almashinuvida ta’lim jarayoni subektlarining intellektual darajasi, bilim, ko‘nikma hamda axborotlarni o‘zlashtirish, xulosa chiqarish bilan tugallanadigan ichki munosabatlarni belgilovchi aloqadorlik jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga hamda o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘zlashtirilgan va tajribada sinalgan pedagogik innovatsiyalarning yangi sharoitlarga moslashtirilgan tarzda interpretatsiya qilish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiualardan “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024-yil, mart va noyabr oylarida “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim taraqqiyoti”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-uil 26-dekabrdagi №04-36-1335 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti o‘quv faoliyatida ma’lumot olish orqali axborotlardan xabardor bo‘lish, ulardan foydalanish, muhim va zarur axborotlarni taqqoslay olish, ekstreorizatsiya va ijtimoiy pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan metodik jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan OT-F-1-100 raqamli 2017-2020-yillar ichida amalga oshirilgan “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” fundamental loyiha doirasida 2020-yilda Farg‘ona nashriyoti tomonidan nashr etilgan “Barkamol insonni tarbiyalash - davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning “Shaxs intellektual madaniyati va uni rivojlantirish masalalari” nomli 4-bobini tayyorlashda dissertatsiya manbalaridan foydalanilgan. ( Farg‘ona davlat universitetining 2025-uil 21-fevraldagi № 08/109-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minotini boyitilishiga xizmat qilgan.