Xasanova Ra’no Yo‘ldoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Annemarie Shimmelning badiiy publistik ijodida sharq mavzisi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ( nemis tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil553.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubovich, filologiya fanlari doktori, professor; Akobirova Sarvara Tuevna, filologiya bo‘yicha falsafa doktori,dotsent .
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Annemarie Shimmelning buyuk shaxslar haqida yaratgan tarixiy, ilmiy, adabiy-publisistik asarlarini tadqiq etish orqali Sharqning buyuk siymolari talqinini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Annemarie Shimmelning “Jonon mening jonimda” va “Islom solnomasi” asarlaridagi buyuk siymolar timsoli talqini ochib berilgan;
tarixiy va publisistik asarlardagi obrazlarning badiiy-uslubiy va publisistik xususiyatlari aniqlangan;
yozuvchi publisistikasini tashkil etgan asarlarning mavzusi, ilgari surgan g‘oyalari va bosh timsollarining Sharq bilan uzviy bog‘liqligi misollar yordamida qat’iy dalillangan hamda olima asarlarida bir xil nomdagi qahramonlarning uchrashi, din va ilm konsepsiyasi, olam va odam munosabatlari, hayotiylik va tarixiylik bir-birini doimiy taqozo etgan yaxlitlik ekani asoslangan;
Izlanayotgan, kuzatilayotgan asarlarda din, tasavvuf tarixida beqiyos o‘rin tutgan shaxslar tasviri yetakchilik qilishi shuningdek ularning tarix, madaniyat va falsafa fanlaridagi talqinlaridan farqlanmagan holda badiiy publisistikaning qonun-qoidalariga mos ravishda talqin etilgani dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq buyuk siymolarining G‘arb adabiyotidagi talqini xususida olingan ma’lumot va materiallardan O‘zbekiston jahon tillari universitetida 2021yil 29 sentyabrda tashkil etilgan seminar-treninglar mazmunini boyitishda foydalanildi hamda G‘arb va Sharq xalqlari o‘rtasidagi adabiy aloqalarni mustahkamlashda hissa bo‘lib qo‘shildi;
Tadqiqot davomida erishilgan natijalardan O‘zbekiston-Germaniya do‘stlik jamiyati tomonidan (Do‘stlik, hamkorlikka hissa qo‘shgan o‘zbek va nemis ziyolilari) loyihasining “Zamon va zaminlarda toblangan do‘stlik” mavzusidagi kitobga kiritildi va 69-01/94-sonli ma’lumotnoma olindi;-T., 2022 y.
Tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining ilmiy amaliy tadqiqotlar markazi bo‘limiga taqdim etilgan. Markaz tomonidan tahlil etilib, № 14-07-1896-sonli (ma’lumotnoma) 14.10.2021 y. olingan.
Izlanish natijalaridan Respublika nemis milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda A.Shimmel tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda dissertant “Ilmga baxshida umr” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi va №32-1- sonli ma’lumotnoma olindi;
Olmon adiblari tomonidan yaratilgan asarlarni o‘rganish orqali olingan ma’lumot va yangiliklar O‘zbekiston milliy televideniyasining madaniyat va ma’rifat telekanali ijodkorlari tomonidan A.Shimmel hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Umr daftari” ko‘rsatuvni tayyorlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qildi. Natijada, tadqiqot ob’ekti qilib olingan manbalar ushbu ko‘rsatuvning mazmunli va ommabop bo‘lishini ta’minlagan hamda 01-02-03/105-sonli ma’lumotnoma olinga