Xalilov Doniyor Abdulazzat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutini takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1083.
Ilmiy rahbar: Usmonov Doniyor Maxmudovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Niyozova Salomat Saparovna, yuridik fanlar doktori, professor; Rustam Kabulov, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutining nazariy, huquqiy hamda amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish va tahlil qilish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chog‘ida sud asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, mahkumning zimmasiga ishga yoki o‘qishga joylashish, muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarganligi haqida uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organga xabar berish, muayyan joylarga bormaslik, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tash, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyatlarni yuklatishi asoslantirilgan;
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning
xulq-atvori ustidan nazoratni ichki ishlar organlari amalga oshirishi asoslantirilgan;
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan sud ilgari ushbu shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilishi yoxud uning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatishi asoslantirilgan;
agar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni o‘talmagan jazo muddati davomida bajarmasa, sud uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish va o‘talmagan jazo muddatini o‘tashi haqidagi masalani ko‘rib chiqish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutiga oid jinoyat-huquqiy normalarni, ularni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chog‘ida sud asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, mahkumning zimmasiga ishga yoki o‘qishga joylashish, muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarganligi haqida uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organga xabar berish, muayyan joylarga bormaslik, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tash, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyatlarni yuklatish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Probatsiya to‘g‘risida”gi 938-son Qonunining 71-moddasi
1-bandi 3-kichik bandi 6-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 14-oktyabrdagi 3/08-199-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarni joriy etilganligi mahkumlarning qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish hamda ularni axloqan tuzatish bo‘yicha tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni ichki ishlar organlari amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Probatsiya to‘g‘risida”gi 938-son Qonunining 71-moddasi 1-bandi 3-kichik bandi 7-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 14-oktyabrdagi 3/08-199-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarni joriy etilganligi mahkumlarning huquqlariga rioya etish, ularning kelgusida jamiyatga ijtimoiy moslashtirishda ko‘maklashishga xizmat qilgan;
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan sud ilgari ushbu shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilishi yoxud uning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatishi mumkinligi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Probatsiya to‘g‘risida”gi 938-son Qonunining 71-moddasi 1-bandi 3-kichik bandi 8-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 14-oktyabrdagi 3/08-199-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarni joriy etilganligi mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qilgan;
agar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni o‘talmagan jazo muddati davomida bajarmasa, sud uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish va o‘talmagan jazo muddatini o‘tashi haqidagi masalani ko‘rib chiqish lozimligi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Probatsiya to‘g‘risida”gi 938-son Qonunining 71-moddasi 1-bandi 3-kichik bandi 10-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil
14-oktyabrdagi 3/08-199-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarni joriy etilganligi mahkumlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, ularda qonunga itoatkor xulq-atvorni shakllantirishga xizmat qilgan.