Naurizbaeva Zulfiya Sharibaevnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoli-sharqiy zonasi tuproqlarining hozirgi holatini ekologik bohalash (Chimboy tumani misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/V994.
Ilmiy rahbar: Utemuratova Gulshirin Najimatdinovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Jumamuratov Mɪrzamurat Ajumuratovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Sherimbetov Vafobay Xalilullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoli-sharqiy zonasi tuproqlarining hozirgi holatini ekologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor ekologik omillar tasiri ostida Chimboy tumani hududi tuproqlarining fizik-mexanik, kimyoviy xossalari, atmosferadan tushgan changing mineralogik tarkibi aniqlangan;
degradatsiyalangan tuproqlarga ekologik omillarining ta’siri natijasida gidrokarbonatlar, xloridlar va sulfatli tuzlar bilan sho‘rlanishi aniqlangan;
Chimboy tumani massivlarida tarqalgan tuproqlarining sho‘rlanish darajalari buyicha xaritalar ishlab chiqilgan;
tadqiqot hududi tuproqlarining ekologik holatini hisobga olgan holda erlardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoli-sharqiy zonasi tupoqlarining hozirgi holatini ekologik bohalash (Shimboy tumani misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Chimboy tumanidagi degradatsiyaga ushragan tuproqlaming fizik-kimyoviy tarkibi va hozirgi holati o‘rganilib, tuproqlarining sho‘rlanish darajalari bilan bog‘liqligi bo‘yicha ishlab chiqilgan xaritalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi 2024 yil 29 fevraldagi 03/026-822-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, tuproqning barqaror unumdorligini ta’minlashda agromeliorativ jarayonlarini tartibga solish va optimallashtirishga qaratilgan degradatsiyaga qarshi kurash chora tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoli-sharqiy zonasi tupoqlarining hozirgi holatini yaxshilash, tuproq sho‘rlanishini kamaytirish va yaxshilash, sho‘rlanish darajalari ta’sirida tuproqlar agroekotizimlarini barqarorlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda shora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 7 martdagi 01/18-2-754-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproqlarning ekologik holatini baholash asosida qishloq xo‘jaligi erlarini muhofaza qilish, tuproqlar unumdorligini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.