Polvanov Sardor Komilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ion almashuv qatronini qayta tiklash jarayonidagi chiqindi suyuqligidan kumush va boshqa qimmatbaho metallarni olish usullarini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2368.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Almatov Ilxomjon Mirzabek o‘g‘li, texnika fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ion almashuv qatronini qayta ishlash jarayonidagi chiqindi suyuqligidan kumush va boshqa qimmatbaho metallarni olish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ion almashinuv qatronlarni regeneratsiyasida kislota bilan qayta ishlashda elementlarning xatti-harakatlari asosida ularning konsentratsiyasining muhitning pH darajasiga bog‘liqligi va u pH 1,6 da makismumga etib borishi aniqlangan;
sementatsiya jarayonida rux kukuni sarfi 0,25 g/l va pH=5 bo‘lganda kumushning eng to‘liq - 99% dan ortiq cho‘kishiga erishilishi aniqlangan; 
sementatsiya jarayonida nikel cho‘kishining to‘liqligi haroratga bog‘liqligi ilmiy asoslangan va harorat 80°C ga ko‘tarilganda nikelning eng maksimal miqdorda cho‘kishi aniqlangan;
o‘zlashtirish natijasida 87,7% tozalikdagi kumush qotishmasini hamda 81,7% tozalikdagi xomaki nikelni iqtisodiy jihatdan samarali olish imkonini beradigan 2-GMZning sorbsiya va regeneratsiya sexining kislotali chiqindi suyuqliklarini qayta ishlashning maqbul texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ion almashuv qatronini qayta ishlash jarayonidagi chiqindi suyuqligidan kumush va boshqa qimmatbaho metallarni olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy amaliy natijalar asosida: 
ion almashinuv qatronlar desorbsiyasi jarayonining kislotali eritmalaridan kumushni yo‘l-yo‘lakay olish usuli NKMK Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan («NKMK» AJning 2024 yil 18 noyabrdagi 23/01-01-07/711-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ion almashinuv qatronlar desorbsiyasi jarayonining kislotali eritmalaridan 87,7% tozaligidagi kumush qotishmasi olishni imkonini bergan;
ion almashinuv qatronlar desorbsiyasi jarayonining kislotali eritmalaridan nikelni yo‘l-yo‘lakay olish usuli NKMK Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan («NKMK» AJning 2024 yil 18 noyabrdagi 23/01-01-07/711-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ion almashinuv qatronlar desorbsiyasi jarayonining kislotali eritmalaridan 81,7% nikel saqlovchi nikel qotishmasi olishni imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish