Sherov Jaxongir Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali nurlanish ta’sirida yurakdagi morfo-funksional o‘zgarishlarni biofaol qo‘shimchalar bilan to‘ldirish” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD /Tib4023.
Ilmiy rahbar: Sultonova Lola Djaxonkulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali nurlanishdan so‘ng turli yoshdagi oq zotsiz kalamushlarning yuragida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni va shu bilan birgalikda medikamentoz korreksiyadan keyingi ASD-2 fraksiya bilan davolangandan keyin yuzaga keladigan morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali nurlanish kasalligiga chalingan oq zotsiz kalamushlarning yuragida endoteliositlarning nekrozi ortgan, tomirlar o‘tkazuvchanligi ortgan, yorilgan, surunkali gipoksiya natijasida perivaskulyar fibroz to‘qimaning keskin ko‘paygani va tarqalgani isbotlangan;
surunkali nurlanish qabul qilgan oq zotsiz kalamushlarning yuragidagi pato-morfologik o‘zgarishlar surunkali nurlanish qabul qilmagan oq zotsiz kalamushlarga nisbatan uchrash darajasi va intensivligi yuqori bo‘lgani isbotlangan;
surunkali nurlanish jarayonida biologik faol modda qabul qilgan oq zotsiz kalamushlar yuragida pato-morfologik belgilari uchrash darajasi va intensivligi ushbu preparatni qabul qilmagan oq zotsiz kalamushlarga nisbatan qiyosiy tahlili asoslangan;
ilk bor surunkali nurlanish fonida yurakda yuzaga kelgan patomorfologik jarayonlarni oldini olishga, organizmda xosil bulayotgan tukimalarga jiddiy ta`sir kursatuvchi erkin radikallarni bloklash va hujayralar regenerasiyasini ta`minlashda ASD-2 fraksiyasi orqali erishish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Tajribaviy tadqiqotlarda surunkali nurlanish ta’sirida yurakda qiyosiy morfologik tavsifi va davo-profilaktikaga yangicha yondashuv yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali nurlanish kasalligiga chalingan oq zotsiz kalamushlarning yuragida endoteliositlarning nekrozi ortgan, tomirlar o‘tkazuvchanligi ortgan, yorilgan, surunkali gipoksiya natijasida perivaskulyar fibroz to‘qimaning keskin ko‘paygani va tarqalgani isbotlanganligi bo‘yicha takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 15 yanvardagi № 24-m/003-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Surunkali nurlanish ta’sirida yurakdagi morfo-funksional o‘zgarishlarni yangicha davolashni takomillashtirish usuli” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasinining 08.07.2024 yildagi 240-7-107-DOP/2024-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyatmintaqaviy filialining 31.05.2024 yildagi №16a§2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/62-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma`lumotlar surunkali nurlanishlarning yurak funksional xususiyatlariga ta`sirini surunkali nurlanish qabur qiluvchi bemorlar o‘rtasida erta tashxislash va davolash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali nurlanish ta`sirida bo‘lgan bemorlarda yurakdagi o‘zgarishlarning uchrash darajasi, kardiologik va terapevtik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqilganligi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali nurlanish qabul qilgan oq zotsiz kalamushlarning yuragidagi pato-morfologik o‘zgarishlar surunkali nurlanish qabul qilmagan oq zotsiz kalamushlarga nisbatan uchrash darajasi va intensivligi yuqori bo‘lgani isbotlanganligi bo‘yicha takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 15 yanvardagi № 24-m/003-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Surunkali nurlanish ta’sirida yurakdagi morfo-funksional o‘zgarishlarni yangicha davolashni takomillashtirish usuli” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasinining 08.07.2024 yildagi 240-7-107-DOP/2024-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyatmintaqaviy filialining 31.05.2024 yildagi №16a§2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/62-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma`lumotlar surunkali nurlanishlarning yurak funksional xususiyatlariga ta`sirini surunkali nurlanish qabur qiluvchi bemorlar o‘rtasida erta tashxislash va davolash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali nurlanish ta`sirida bo‘lgan bemorlarda yurakdagi o‘zgarishlaming uchrash darajasi, kardiologik va terapevtik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqilganligi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali nurlanish jarayonida biologik faol modda qabul qilgan oq zotsiz kalamushlar yuragida pato-morfologik belgilari uchrash darajasi va intensivligi ushbu preparatni qabul qilmagan oq zotsiz kalamushlarga nisbatan qiyosiy tahlili asoslanganligi bo‘yicha takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 15 yanvardagi № 24-m/003-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Surunkali nurlanish ta’sirida yurakdagi morfo-funksional o‘zgarishlarni yangicha davolashni takomillashtirish usuli” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasinining 08.07.2024 yildagi 240-7-107-DOP/2024-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyatmintaqaviy filialining 31.05.2024 yildagi №16a§2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/62-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma`lumotlar surunkali nurlanishlarning yurak funksional xususiyatlariga ta`sirini surunkali nurlanish qabur qiluvchi bemorlar o‘rtasida erta tashxislash va davolash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali nurlanish ta`sirida bo‘lgan bemorlarda yurakdagi o‘zgarishlarning uchrash darajasi, kardiologik va terapevtik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqilganligi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali nurlanish fonida yurakda yuzaga kelgan patomorfologik jarayonlarni oldini olishga, organizmda xosil bulayotgan tukimalarga jiddiy ta`sir kursatuvchi erkin radikallarni bloklash va hujayralar regenerasiyasini ta`minlashda ASD-2 fraksiyasi orqali erishish isbotlanganligi bo‘yicha takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 15 yanvardagi № 24-m/003-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Surunkali nurlanish ta’sirida yurakdagi morfo-funksional o‘zgarishlarni yangicha davolashni takomillashtirish usuli” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasinining 08.07.2024 yildagi 240-7-107-DOP/2024-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyatmintaqaviy filialining 31.05.2024 yildagi №16a§2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/62-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma`lumotlar surunkali nurlanishlarning yurak funksional xususiyatlariga ta`sirini surunkali nurlanish qabur qiluvchi bemorlar o‘rtasida erta tashxislash va davolash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali nurlanish ta`sirida bo‘lgan bemorlarda yurakdagi o‘zgarishlarning uchrash darajasi, kardiologik va terapevtik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqilganligi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Surunkali nurlanish ta’sirida yurakdagi morfo-funksional o‘zgarishlarni biofaol qo‘shimchalar bilan to‘ldirish » mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 11 oktyabrdagi 04/9367-son xat yuborilgan.