Abduxalilov Bekzod Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Geoaxborot tizimlari asosida ekoturistik raqamli kartalarini tuzish uslubini takomillashtirish (Farg‘ona viloyati misolida)”, 11.00.07 – Geoinformatika (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4865.
Ilmiy rahbar: Xakimova Kamola Raximjonovna, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD26/26.01.2023.T.109.04.
Rasmiy opponentlar: 
Reyimov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori (DSc), professor;
Pardaboev Anvar Pardaboy o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Farg‘ona viloyati ekoturistik imkoniyatlarini aniqlash hamda geoaxborot tizimlari asosida elektron karta tuzish, mobil ilova va platformalarni yaratish uslubini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turistik obektlar va resurslarning ArcGIS dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish, guruhlashtirish, tasniflash asosida Farg‘ona viloyatining ekoturistik raqamli kartasini tuzish uslubi ishlab chiqilgan;
django dasturlash tili asosida viloyatning ekoturistik manzillari, bioiqlimiy sog‘lomlashtirish maskanlari hamda turizm turini diversifikatsiyalash bo‘yicha marshrutlarini ko‘rsatuvchi mobil ilovani geoma'lumotlar bazasiga integratsiya qilish mexanizmi takomillashtirilgan;
Farg‘ona viloyatida ekoturistik klasterlar yaratishning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va servis geografiyasi bilan bog‘liq jihatlari aniqlangan hamda har bir ma’muriy birlik uchun istiqbolli turistik marshrutlar yo‘nalishlarini ko‘rsatuvchi interaktiv kartalar takomillashtirilgan metodika asosida tuzilgan; 
ekoturistik klaster, turoperatorlar va foydalanuvchilar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan veb-xizmat hamda elektron katalog uchun ekoturistik obektlarni real vaqt rejimidagi o‘zgarishlarni avtomatlashgan usulda aniqlashga xizmat qiladigan geoekologik interfeyslarni yaratishning texnologik tizimi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geoaxborot tizimlari asosida ekoturistik raqamli kartalarni tuzish uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ilk bor turistik obektlar va resurslarning ArcGIS dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish, guruhlashtirish, tasniflash asosida Farg‘ona viloyatining ekoturistik raqamli kartasini tuzish uslubi ishlab chiqilganligi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 03-12-17-1379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatga turistlarni faol jalb etish bilan birgalikda turistik sharoitlarni o‘rganish va baholash orqali elektron kartalardan foydalanish imkonini bergan; 
viloyatning ekoturistik sharoitlari, bioiqlimiy sog‘lomlashtirish maskanlarini hamda turizm turini diversifikatsiyalash bo‘yicha marshrutlarini ko‘rsatib beruvchi mobil ilovani yaratish usuli django dasturlash tili va algoritmlar asosida takomillashtirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 03-12-17-1379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hamda respublika aholisi sog‘lomlashtirish maskanlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova orqali aniqlash hamda berilgan marshrutlar bo‘yicha qisqa vaqtda tez va oson tashrif buyurish imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona viloyatida ekoturistik klasterlar yaratishning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va servis geografiyasi bilan bog‘liq jihatlari aniqlangan hamda har bir ma’muriy birlik uchun istiqbolli turistik marshrutlar yo‘nalishlarini ko‘rsatuvchi interaktiv kartalar takomillashtirilgan metodika asosida tuzilganligi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 03-12-17-1379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hamda respublika aholisi sog‘lomlashtirish maskanlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova orqali aniqlash hamda berilgan marshrutlar bo‘yicha qisqa vaqtda tez va oson tashrif buyurish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish