Abdunazarov Azamat Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Piratsetam va sitikolin asosidagi nootrop ta’sirli kombinirlangan preparatlarni standartlash va sifatini baholash”, 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Far90.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latova Azizaxon Dilshodovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Ma’sudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Azizov Olimjon Toxirovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piratsetam va sitikolin asosidagi original kombinirlangan nootrop ta’sirli dori preparatlarini sifatini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish, standartlash, validatsiyalash xamda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor piratsetam va sitikolin asosidagi nootrop ta’sirga ega original kombinirlangan dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarning chinligi hamda miqdoriy tahlillari uchun fotoelektrokolorimetriya, spektrofotometriya, atom emission spektrofotometriya, atom absorbsion spektrofotometriya, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi va yupqa qatlam xromatografiyasi usullari ishlab chiqilgan;
nootrop ta’sirga ega infuzion preparatlar tarkibidagi yot moddalar miqdorini aniqlash uchun xromatografik (YuSSX va YuQX) usullar ishlab chiqilgan;
«Nootrotem», «Glisetam», «Bralekord» kombinirlangan infuzion preparatlari uchun O‘zR Davlat farmakopeyasi talablariga muvofiq ravishda sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining me’yorlari belgilangan;
nootrop ta’sirga ega preparatlarining miqdoriy tahlili uchun qo‘llanilgan YuSSX uslublarining yaroqliligi o‘ziga xoslik, chiziqlilik, to‘g‘rilik va presizionlik kabi validatsion ko‘rsatkichlar bo‘yicha isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Piratsetam va sitikolin asosidagi nootrop ta’sirli kombinirlangan preparatlarni standartlash va sifatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Nootrotem» infuzion eritmasi uchun korxona farmakopeya maqolasi (FSP 42 Uz-22796287-3901-2020) O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 03069/04/20-sonli guvohnoma). Natijada, nootrop ta’sirga ega original dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Glisetam» infuzion eritmasi uchun korxona farmakopeya maqolasi (FSP 42 Uz-22796287-4498-2021) O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 03748/03/21-sonli guvohnoma). Natijada, piratsetam va glisin asosidagi kombinirlangan dori vositasini mahalliy farmatsevtika korxonasida ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Bralekord» infuzion eritmasi uchun korxona farmakopeya maqolasi (FSP 42 Uz-22796287-4500-2021) O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 03746/03/21-sonli guvohnoma). Natijada, ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi nootrop va metabolik ta’sirga ega kombinirlangan infuzion preparatlarning nomenklaturasini kengaytirish imkonini bergan.