Axmedov Joxon Kuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurash sporti orqali o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish omillari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2153
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti,
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Kiyamov Nishon Sadikovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Mamurov Baxodir Baxshulloevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Keldiyorov Shuhrat Ergashevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurash sporti orqali o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kurash sporti orqali o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usi milliy qadryatlarga, kurashning tarixiy uslubiy asoslariga ustuvorlik berish asosida shakllantirilgan;
dars va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda kurash sportining insonparvarlik, an’anaviylik va milliylik xususiyatlariga asosiy e’tiborni qaratish orqali o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usining shakllanganligi dalillangan;
kurash sportining fanlararo integratsiyasi, pedagogik maqsad va vazifalari, didaktik materiallar mazmunini boyitish, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, ijodiy faoliyatlar vositasida o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning modeli ishlab chiqilgan;
“Polvonlar sulolasi” hamda “Davlat ramzlari va kurash” yo‘nalishlarida ishlab chiqilgan didaktik vositalarni o‘quv va mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash natijasida o‘quvchilarda kurash sporti orqali milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish samaradorligi oshirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurash orqali umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kurash sportinining o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga ijobiy ta’sirini baholash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar “Kurash va uni o‘qitish uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021-yil 29-martdagi 2-son bayonnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida kurash sportini o‘qitish jarayonining o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga ta’sirini baholash imkoniyati kengaytirilgan;
kurash sportining o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Kurash va uni o‘qitish uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi muvofiqlatiruvchi kengashning 2021-yil 29-martdagi 2-son bayonnomasi). Natijada kurash sportining o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish samaradorligi oshirilgan;
kurash sporti vositasida o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Bolalar sport mashg‘ulotlari nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 4-oktyabrdagi 02-07-4445/04-son ma’lumotnomasi). Natijada kurash sporti orqali o‘quvchilarga milliy iftixor tuyg‘usini singdirish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Bolalar sport mashg‘ulotlari nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 4-oktyabrdagi 02-07-4445/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga kurash orqali milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.