Ergashova Sadoqat Eshmamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eshqobil Shukur she’riyatida so‘zning badiiy vazifasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2475.
Ilmiy rahbar: Pardaev Quldosh Uzaqovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tog‘aeva Gulandom Jummaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
Eshqobil Shukur lirikasi misolida ijodkorning obraz yaratish mahorati, xalqano ohanglar, badiiy tasviriy vositalarni qo‘llash uslubini yaxlit o‘rganish, ijodkorning so‘z qo‘llash salohiyati va uning badiiy vazifasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Eshqobil Shukur she’rlari misolida so‘zning badiiy vazifasi va estetik mohiyati dalillanib, shoir lirikasining mavzuiy tasnifi va janriy xossalari aniqlangan va she’rlarining g‘oyaviy yo’nalishi, kompozision rang-barangligi, xalqona ohanglarga alohida e’tibor berilganligi ochib berilgan;
shoir lirikasida obrazlar hamda ramzlar tizimi aniqlanib, shoirning obraz yaratish mahorati asoslangan va obrazlarda ijodkor ruhiyati uyg‘unligi va o’zbek xalqi adabiy-estetik tafakkuri rivojiga qo’shgan hissasi misollar orqali aniqlangan;
ijodkorning badiiy san’atlardan foydalanish mahorati aniqlanib, badiiy tasviriy vositalarda shoir ruhiyatining mutanosibligi dalillangan va she’rlarida folklor an’analarining yoritilish masalasi misollar asosida isbotlangan;
Eshqobil Shukur lirikasida tarixiy o’tmish va ajdodlar obrazining metaforik aks ettirilishi dalillangan va shoir poetik tasviriy vositalardan mahorat bilan foydalanib, poetik obrazlarning badiiyligini taʼminlaydigan tazod, mubolag‘a, talmeh, o‘xshatish, sifatlash kabi turli badiiy san’atlar qo‘llab original she’rlar yaratgani ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eshqobil Shukur she’riyatida so‘zning badiiy vazifasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Eshqobil Shukur she’rlari misolida so‘zning badiiy vazifasi va estetik mohiyati, shoir lirikasining janriy xossalari va she’rlarining g‘oyaviy yo’nalishi, kompozision rang-barangligi, xalqona ohanglarga alohida e’tibor berilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 27-noyabrdagi 04/1-3396-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijodkorning badiiy san’atlardan va obrazlardan foydalanish mahorati, badiiy tasviriy vositalarda shoir ruhiyatining mutanosibli va she’rlarida folklor an’analarining yoritilish masalasiga oid xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
shoir lirikasida obraz va ramzlar tizimi aniqlanib, shoirning obraz yaratish mahorati asoslangani, obrazlarda ijodkor ruhiyati uyg‘unligi va o’zbek xalqi adabiy-estetik tafakkuri rivojiga qo’shgan hissasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 27-noyabrdagi 04/1-3396-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoirning badiiy tasviriy vositalardan foydalanish mahorati, obrazlar tasnifi, ijodkorning o’zbek xalqi adabiy-estetik tafakkuri rivojiga qo’shgan hissasiga oid ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitgan;
shoir she’rlaridagi poetik obrazlarning badiiyligini taʼminlaydigan tazod, mubolag‘a, talmeh, o‘xshatish, sifatlash kabi turli badiiy san’atlar qo‘llangan original asarlaridagi milliy ruh masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 27-noyabrdagi 04/1-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, Eshqobil Shukur she’rlari misolida so‘zning badiiy vazifasi va estetik mohiyatiga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallarini tayyorlashda foydalanilgan;
Eshqobil Shukur lirikasida tarixiy o’tmish va ajdodlar obrazining metaforik aks ettirilishi va shoir poetik tasviriy vositalardan mahorat bilan foydalangan turli janrdagi she’riy asarlar tahliliga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 27-noyabrdagi 04/1-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoir lirikasining mavzuiy tasnifi va janriy xossalariga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallari boyitilgan.