Hazratov Orifjon Rajabovichning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronar arteriyalarni revaskulyarizasiyasidan keyin eshitishni sensonevral zaiflashuvi va barqaror zo‘riqish stenokardiya bilan kasallangan bemorlarda eshitish reabilitasiyasini optimallashtirish» 14.00.04 - Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3738.
Ilmiy rahbar: Nurov Ubaydullo Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xushvakova Nilufar Juraqulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arifov Sayfuddin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston Respublikasi)
II. Tadqiqotning maqsadi: barqaror zo‘riqish stenokardiyasida koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin neyrosensor eshitish zaiflashuvini va bemorlarning eshitish reabilitatsiyasini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik va audiologik tadqiqotlar natijalari asosida koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin neyrosensor eshitish zaiflashuvi va barqaror zo‘riqish stenokardiyasi mavjud bemorlarda eshitish darajasini ishonarli yaxshilanishi aniqlangan;
 ilk bor nutq audiometriya tekshiruvi natijalariga ko‘ra, koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin neyrosensor eshitish zaiflashuvi va barqaror zo‘riqish stenokardiyasi mavjud bemorlarda so‘zlarni anglashni ijoboy tomonga o‘zgarishi aniqlangan;  
 ilk bor transkranial tekshiruvi natijalariga tayangan holatda, koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin neyrosensor eshitish zaiflashuvi va barqaror zo‘riqish stenokardiyasi mavjud bemorlarda vilizziy doirasi arteriyalardagi qon oqimini chiziqli tezligining me`yorlashuvi va asosiy vena havzasidagi dimlanishning bartaraf etilishi asoslangan; 
koronar arteriyalarni revaskulyarizatsiyasidan keyin eshitish moslamasidan foydalanuvchi bemorlarda COSI  so‘rovnomasi yordamida hayot sifati yahshilanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 22 iyul`dagi №04/21 – son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba klinik va audiologik tadqiqotlar natijalari asosida koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin neyrosensor eshitish zaiflashuvi va barqaror zo‘riqish stenokardiyasi mavjud bemorlarda eshitish darajasini ishonarli yaxshilanishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: barqaror zo‘riqish stenokardiyasi bilan kasallangan bemorlarda eshitish a’zosi holatini baxolash uslullari takomillashtirish va uning kasalliklarini tashxislash samarasini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Navoi viloyat qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.04.2024 y.; № 2977-5-72-TB/2024-son) Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.04.2024 y.; № 1057-2-208-TB/2024-son) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.04.2024 y.; № 2877-2-34-TB/2024-son) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: barqaror zo‘riqish stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda eshitish holatini baholashda tashhislashning turli usullaridan oqilona foydalanish eshitish a`zosi bilan bog‘liq shikoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi bu esa bemorlardagi kognitiv buzilishlarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amalda audiologik usullar ro‘yxatini samarasiz tanlash ko‘plab bemorlarga boshqa tadqiqotlar, birinchi navbatda nurli (bo‘yin va bosh miya tomirlarining ul’tratovushli dopplerografiyasi, bosh miya MRT tekshiruvi) tadqiqotlarini, ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir nechta har birining narxi o‘rtacha 270000 so‘mga teng bo‘lgan tadqiqotlarni tayinlanishiga olib keladi. Bularning barchasi, oxir-oqibat, eng minimal hisob-kitoblarga ko‘ra, bemorning xarajatlarini 2 barobar 540000 so‘m oshiradi. Shu nuqtai nazardan, audiologik usullarni etarli darajada tanlash nafaqat tibbiy, balki iqtisodiy nuqtai nazardan ham muhim hisoblanadi. Xulosa: barqaror zo‘riqish stenokardiyasida sensonevral eshitish zaiflashuvini tashxislash uchun zarur klinik audiologik tadqiqot usullari  to‘g‘ri tashhis qo‘yishni hisobga olinishi, davolanish samarasini oshirishga, davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba nutq audiometriya tekshiruvi natijalariga ko‘ra, koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin neyrosensor eshitish zaiflashuvi va barqaror zo‘riqish stenokardiyasi mavjud bemorlarda so‘zlarni anglashni ijobiy tomonga o‘zgarishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu tavsiyanomada aks ettirilgan tadqiqot natijalari barqaror zo‘riqish stenokardiyasida  koronar arteriyalarning revaskulyarizasiyasidan keyin sensonevral eshitish zaiflashuvi bo‘lgan bemorlarda eshitish a’zosi holatini baxolashni oqilona uslubini tanlash  va uning kasalliklarini tashxislash samarasini oshirish imkonini bergan;  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Navoi viloyat qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.04.2024 y.; № 2977-5-72-TB/2024-son) Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.04.2024 y.; № 1057-2-208-TB/2024-son) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.04.2024 y.; № 2877-2-34-TB/2024-son) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: barqaror zo‘riqish stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin eshitish holatini baholashda tashhislashning turli usullaridan oqilona foydalanish eshitish a`zosi bilan bog‘liq shikoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi natijada  hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amalda audiologik usullar ro‘yxatini samarasiz tanlash ko‘plab bemorlarga boshqa tadqiqotlar, birinchi navbatda nurli (bo‘yin va bosh miya tomirlarining ul’tratovushli dopplerografiyasi, bosh miya MRT tekshiruvi) tadqiqotlarini, ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir nechta har birining narxi o‘rtacha 270000 so‘mga teng bo‘lgan tadqiqotlarni tayinlanishiga olib keladi. Bularning barchasi, oxir-oqibat, eng minimal hisob-kitoblarga ko‘ra, bemorning xarajatlarini 2 barobar 540000 sum oshiradi. Shu nuqtai nazardan, audiologik usullarni etarli darajada tanlash nafaqat tibbiy, balki iqtisodiy nuqtai nazardan ham muhim hisoblanadi. Xulosa: barqaror zo‘riqish stenokardiyasida sensonevral eshitish zaiflashuvi bo‘lgan bemorlarda eshitish a’zosi bilan bog‘liq shikoyatlarni aniq tashxislash uchun samarali klinik audiologik usullarini to‘g‘ri va oqilona tanlash bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba transkranial tekshiruvi natijalariga tayangan holatda, koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin neyrosensor eshitish zaiflashuvi va barqaror zo‘riqish stenokardiyasi mavjud bemorlarda vilizziy doirasi arteriyalardagi qon oqimini chiziqli tezligining me`yorlashuvi va asosiy vena havzasidagi dimlanishning bartaraf etilishi asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuqoridagi transkranial tekshiruvi natijalariga muvofiq barqaror zo‘riqish stenokardiyasida neyrosensor eshitish zaiflashuvi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasi endovaskulyar jarrohlik amalidan keyingi ijobiy o‘zgarishlar dorilar polipragiaziyasini oldini olish, o‘z navbatida davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, davolanish jarayonini tezlashtirish imkoniniyati borligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Navoi viloyat qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.04.2024 y 2717-5-72-TB/2024-son) Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (17.04.2024 y.; №1057-2-208-TB/2024-son) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.04.2024 y.;2878-2-34-TB/2024-son) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: barqaror zo‘riqish stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasi jarrohlik amaliyotidan keyingi ijobiy o‘zgarishlar eshitish a`zosi bilan bog‘liq shikoyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: barqaror zo‘riqish stenokardiyasida neyrosensor eshitish zaiflashuvini davolanishni koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasi jarrohlik amaliyotidan keyingi ijobiy o‘zgarishlar dorilar polipragmaziyasi kamayishi xisobiga kelajakda qimmat davolanishni tejashga imkonini bergan hamda bemorlarga sarflanadigan xarajatlarini va har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 450000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 360000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Yuqoridagi ma`lumotlarga asoslanib barqaror zo‘riqish stenokardiyasida neyrosensor eshitish zaiflashuvini davolashda koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasi jarrohlik amaliyoti muhimligi, shu bilan davolanish vaqtini va iqtisodni tejash imkonini beradi. va har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 450 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 360000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koronar arteriyalarni revaskulyarizatsiyasidan keyin eshitish moslamasidan foydalanuvchi bemorlarda COSI  so‘rovnomasi yordamida hayot sifati yahshilanganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: barqaror zo‘riqish stenokardiyasida koronar arteriyalarning revaskulyarizasiyasidan keyin sensonevral eshitish zaiflashuvi qisman saqlanib qolgan bemorlarda eshitishni protezlash COSI so‘rovnomasi yordamida eshitish yaxshilanganligi va eshitish a’zosi bilan bog‘liq shikoyatlar kamayganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Navoi viloyat qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.04.2024 y 2717-5-72-TB/2024-son) Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (17.04.2024 y.; №1057-2-208-TB/2024-son) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.04.2024 y.;2878-2-34-TB/2024-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: barqaror zo‘riqish stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning revaskulyarizatsiyasidan keyin sensonevral eshitish zaiflashuvi  qisman saqlanib qolgan bemorlarni eshitish moslamalari yordamida protezlash orqali a`zosi bilan bog‘liq shikoyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish hisobiga hayot sifatin oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: endovaskulyar jarrohlik amaliyotidan so‘ng qisman saqlanib qolgan sensonevral eshitish zaiflashuvini davolashda va eshitish a`zosi bilan bog‘liq shikoyatlarni bartaraf etish uchun,  nochiziqli eshitish moslamalari yordamida protezlash har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 450000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 360000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: sensonevral eshitish zaiflashuvini  davolashda endovaskulyar jarrohlik amaliyotidan so‘ng qisman saqlanib qolgan va eshitish a`zosi bilan bog‘liq shikoyatlarni bartaraf etish uchun, nochiziqli eshitish moslamalari yordamida protezlash  va dorilar polipragmaziyasini oldini olish hisobiga har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 450000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 360000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish