Buranova Raziya Ermaxamed qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasidagi jinoyatchilikni kriminologik prognoz qilish”, “12.00.15 –Kriminologiya (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1072.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Qumrinisa Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Adina Gulyamovna, yuridik fanlar doktori, professor; Gordeev Sergey Nikolaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyatchilikni kriminologik prognoz qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisobot davrida mahalla hududida sodir etilgan oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar har bir mahalla kesimida hisobga olinishi hamda tuman (shahar) ko‘rsatkichini shakllantirishda faqat jinoyat sodir etilgan mahallalar aholisi soni inobatga olinishi lozimligi asoslantirilgan;
tuman (shahar)da joylashgan mahallalarni qizil, sariq, yashil toifalarga ajratishda, mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar (oldini olish mumkin bo‘lgan) salmog‘i tuman (shahar) ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori bo‘lsagina, mahallalar “qizil” toifaga kiritilishi lozimligi asoslantirilgan;
jinoyat sodir etgan alohida toifadagi (voyaga etmagan, ayol, ishsiz, ilgari sudlangan, mast holatda bo‘lgan, profilaktik hisobda hamda ma’muriy nazorat ostidagi) shaxslar hisoboti mahallalar kesimida yuritilishi va “qizil” toifadagi mahallalarni belgilashda inobatga olinmasligi kerakligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga biriktirilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, bozorlar, qo‘riqlanadigan maxsus ob’ektlar hamda jazoni ijro etish muassasalari hududida, shuningdek, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan yoxud plastik kartadan pul mablag‘larini echib olish bilan bog‘liq, “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-ilovasida ko‘rsatilgan jinoyatlar mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar hisobiga qo‘shilmasdan alohida yuritilishi kerakligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyatchilikni kriminologik prognoz qilish tizimini  takomillashtirish, uning metodologiyasi va amaliyotda qo‘llanilishi haqidagi ilmiy bilimlarni oshirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
hisobot davrida mahalla hududida sodir etilgan oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning  har bir mahalla kesimida hisobga olinishi hamda tuman (shahar) ko‘rsatkichini shakllantirishda faqat jinoyat sodir etilgan mahallalar aholisi soni inobatga olinishi zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasining 2023-yil 5-sentyabrdagi 
49/36qq/28/18qq/2023-02-son qarori asosida “Mahallalarni kriminogen vaziyatidan kelib chiqqan holda toifalash hamda hamkorlikda profilaktik tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 5-bandi 1-xatboshisini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 2/2-1302-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olishning ishonchligini ta’minlashga va tuman (shahar) ko‘rsatkichlarining ushbu hududlardagi aholi soniga nisbatan to‘g‘ri shakllantirilishiga xizmat qilgan;
tuman (shahar)da joylashgan mahallalarni qizil, sariq, yashil toifalarga ajratishda, mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar (oldini olish mumkin bo‘lgan) salmog‘i tuman (shahar) ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori bo‘lsagina, mahallalar “qizil” toifaga kiritilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasining 2023-yil 5-sentyabrdagi 49/36qq/28/18qq/2023-02-son qarori asosida “Mahallalarni kriminogen vaziyatidan kelib chiqqan holda toifalash hamda hamkorlikda profilaktik tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ni 8-bandi 
1-xatboshisini yangi mazmunda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 2/2-1302-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi mahalladagi jinoyatchilik darajasidan kelib chiqqan holda mahallarini to‘g‘ri toifalashga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etgan alohida toifadagi (voyaga etmagan, ayol, ishsiz, ilgari sudlangan, mast holatda bo‘lgan, profilaktik hisobda hamda ma’muriy nazorat ostida turgan) shaxslarga oid hisobot mahallalar kesimida yuritilishi va “qizil” toifadagi mahallalarni belgilashda inobatga olinmasligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasining 2023-yil 5-sentyabrdagi 49/36qq/28/18qq/2023-02-son qarori asosida “Mahallalarni kriminogen vaziyatidan kelib chiqqan holda toifalash hamda hamkorlikda profilaktik tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ni 8-bandi 2-xatboshisini yangi mazmunda  ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 2/2-1302-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi  alohida toifadagi shaxslar hisobini “qizil” toifadagi mahallarni belgilashda inobatga olmasligiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga biriktirilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, bozorlar, qo‘riqlanadigan maxsus ob’ektlar hamda jazoni ijro etish muassasalari hududida, shuningdek, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan yoxud plastik kartadan pul mablag‘larini echib olish bilan bog‘liq, “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-ilovasida ko‘rsatilgan jinoyatlar mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar hisobiga qo‘shilmasdan alohida yuritilishi kerakligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasining 2023-yil 5-sentyabrdagi 
49/36qq/28/18qq/2023-02-son qarori asosida “Mahallalarni kriminogen vaziyatidan kelib chiqqan holda toifalash hamda hamkorlikda profilaktik tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 2-bandi yangi mazmundagi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 2/2-1302-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish