Akmalxonov Bositxon Azizxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mejdunarodno-pravovie aspekti zashhiti prava sobstvennosti” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Yu1490.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Gavherjon, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04. 
Rasmiy opponentlar: Umarxanova Dildora Sharipovxanovna yuridik fanlar doktori, professor; Mirhamidova Mohinnora Nurullaevna yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mulk huquqini himoya qilishning xalqaro-huquqiy asoslari va mexanizmlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish mexanizmida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaviy majburiyatlarini ijro etish masalasini alohida asos sifatida belgilash va bu borada xalqaro standartlarga muvofiq huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirish zarurligi asoslantirilgan;
chet el diplomatik vakolatxonasiga ajratiladigan er uchastkasiga oid xalqaro shartnoma loyihasining ajralmas qismi hisoblangan xarita va rekvizitlar hamda tegishli asoslantiruvchi materiallarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan o‘n ish kuni ichida tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulkiga nisbatan mulkiy huquqlarni amalga oshirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, mol-mulk joylashgan davlat qonunlari va xalqaro huquq normalari bilan kompleks ravishda tartibga solinishi asoslantirilgan;
jamoat uyushmalarining xorijiy davlatlardan pul mablag‘lari va mol-mulk olish faoliyatini tartibga solishda ustavda belgilangan maqsadlarga muvofiqlik prinsipini qo‘llash, bu boradagi huquqiy mexanizmlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va moliyaviy operatsiyalarning legitimligini ta’minlash zarurati asoslantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mulk huquqini himoya qilishning xalqaro-huquqiy jihatlari” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga asos bo‘ladigan maqsad sifatida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarish kiritilishi oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-son Qonunining 4-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) 2024-yil 15-fevraldagi 01-07/86-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini samarali bajarish va davlatlararo munosabatlarda shartnomaviy majburiyatlarni to‘liq amalga oshirish uchun xizmat qilgan;
istisno tariqasida, xalqaro shartnoma loyihasida chet el diplomatik vakolatxonasiga ajratish uchun nazarda tutilgan er uchastkasining xalqaro shartnoma loyihasining ajralmas qismi bo‘lgan xaritasi va rekvizitlari hamda u bilan bog‘liq asoslantiruvchi materiallar hokimliklar tomonidan tegishli so‘rov qilib tushgan kundan e’tiboran o‘n ish kuni davomida tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kirtilishi to‘g‘risida taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-son Qonunining 13-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) 2024-yil 15-fevraldagi 01-07/86-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif chet el diplomatik vakolatxonalariga er uchastkalari ajratish jarayonini tezlashtirish va samarali tashkil etish uchun zamin yaratgan;
O‘zbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan bo‘lsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq meʼyorlari bilan tartibga solib turilishi bo‘yicha taklif “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi qonuni 21-moddasining birinchi qismiga, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni 2-moddasi ettinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 23-fevraldagi 04|10-10-20-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekistonning chet eldagi davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishni huquqiy jihatdan tartibga solish, shuningdek xalqaro va milliy qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash uchun xizmat qilgan;
jamoat uyushmalari o‘z ustavlarida yozib qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunchilkda belgilanadigan tartibda o‘zga davlatlardan keladigan pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkinligi to‘g‘risida taklif “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi qonuni 16-moddasining oltinchi qismiga O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni 2-moddasi beshinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 23-fevraldagi 04|10-10-20-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif jamoat uyushmalarining xorijiy moliyaviy manbalardan qonuniy asosda mablag‘ olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish