Ro‘ziev Rustam Ro‘zimurodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak muhandislarda yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasi (“Yong‘in xavfsizligi” fanini o‘qitish misolida), 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped2041.
Ilmiy rahbar: Gafforov Alisher Xolmurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar Vazirligi akademyasi, DSc.40./29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Samieva Shaxnoz Xikmatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Chorshanbiev Zafar Esonpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalari talabalarining yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirish hamda yong‘in xavfsizligi madaniyatini masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
bo‘lajak muhandislarda yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasi yong‘in dinamikasi, yog‘in xavfsizligi qoidalari va meyorlari, yong‘in xavfini baholash va tahlil qilish, yong‘in auditini g‘tkazish, xavfsiz evakuatsiya qilishga oid nazariy mashg‘ulotlarni interdisiplinar yondashuv asosida o‘tkazish orqali aniqlashtirilgan;
texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodika loyihaviy o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida immersiv texnologiyalarni qg‘llash, talabalarga virtual muhitda yong‘in holatini simulatsiya qilish va ularga turli xil vaziyatlarda amaliy harakatlarni bajarish imkoniyatini yaratishga oid VR ko‘zoynaklari yordamida yong‘indan qutqarish, yong‘inga qarshi vositalardan foydalanishni xavfsiz muhitda mashq qilishga oid usullar asosida takomillashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulotlarida yong‘in xavfsizligi ko‘nikmalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodika talabalarda axborot tarqatish, mas’uliyatni oshirish, hamkorlikda ishlash, xavfsizlik mas’uliyatini oshirish kabi yong‘in xavfsizligi madaniyatini rivojlantirishni ta’minlovchi kognitiv, motivatsion va kasbiy faoliyatli baholash mezonlariga  ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarda yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasi talabalar bilimi, o‘rganish uslublari va individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda sun’iy intellekt yordamida maxsus yaratilgan muhitda yong‘in vaziyatini modellashtirish orqali (tezkor qaror qabul qilish va xavfsiz harakat qilish, evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in o‘choqlarini cheklash) amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak muhandislarning yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
bo‘lajak muhandislarda yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasi yong‘in dinamikasi, yog‘in xavfsizligi qoidalari va meyorlari, yong‘in xavfini baholash va tahlil qilish, yong‘in auditini g‘tkazish, xavfsiz evakuatsiya qilishga oid nazariy mashg‘ulotlarni interdisiplinar yondashuv asosida o‘tkazish orqali aniqlashtirilgan tavsiyalardan “61020200 - “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 25-yanvardagi 02/01-01-10-sonli ma’lumotnomasi);
texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodika loyihaviy o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida immersiv texnologiyalarni qg‘llash, talabalarga virtual muhitda yong‘in holatini simulatsiya qilish va ularga turli xil vaziyatlarda amaliy harakatlarni bajarish imkoniyatini yaratishga oid VR ko‘zoynaklari yordamida yong‘indan qutqarish, yong‘inga qarshi vositalardan foydalanishni xavfsiz muhitda mashq qilishga oid usullar asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan “Yong‘in xavfsizligi” fanini yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 25-yanvardagi 02/01-01-10-sonli ma’lumotnomasi)  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining  Intelektual mulk agentligi tomonidan berilgan 2021-yil 20-sentyabrdagi №DGU 00445-sonli, 2022-yil 19-fevraldagi №DGU 00537-sonli, 2022-yil 22-maydagi  №DGU 17003-sonli, 2023-yil 17-fevraldagi  №DGU 22273-sonli guvohnomalari). Natijada, “Yong‘in xavfsizligi” fanini o‘qitishda elektron dasturlar va mobil ilovalarni qo‘llash orqali talabalarning o‘zlashtirish imkoniyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
o‘quv mashg‘ulotlarida yong‘in xavfsizligi ko‘nikmalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodika talabalarda axborot tarqatish, mas’uliyatni oshirish, hamkorlikda ishlash, xavfsizlik mas’uliyatini oshirish kabi yong‘in xavfsizligi madaniyatini rivojlantirishni ta’minlovchi kognitiv, motivatsion va kasbiy faoliyatli baholash mezonlariga  ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan tavsiyalar “61020200 - “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 25-yanvardagi 02/01-01-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda yong‘in xavfsizligi ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali yong‘in xavfsizligi madaniyatini rivojlantirishning mezonlari asosida kompleks baholash darajalari o‘quv-uslubiy taʼminoti amaliyotda joriy etilgan;
bo‘lajak muhandislarda yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasi talabalar bilimi, o‘rganish uslublari va individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda sun’iy intellekt yordamida maxsus yaratilgan muhitda yong‘in vaziyatini modellashtirish orqali (tezkor qaror qabul qilish va xavfsiz harakat qilish, evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in o‘choqlarini cheklash) amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar asosida Buxoro muhandislik-texnologiya institutining AIF-2/20 “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Umumkasbiy fanlardan elektron darsliklar tayyorlash va amaliyotga joriy etish” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2024-yil 8-maydagi 1-21519-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning “Yong‘in xavfsizligi” fani elektron dasturi yordamida yong‘in xavfsizligi ko‘nikmasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish