Kulmanov Bahodir Toshboltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Dizel boshqaruv parametrlarini optimallashtirish orqali manyovr teplovozlarning samaradorligi va ishonchliligini oshirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4956
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xamidov Otabek Rustamovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Grishenko Aleksandr Vasilevich– texnika fanlari doktori, professor;
Pirmatov Nurali Berdiyorovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi dizel qurilmalarining sozlash parametrlarini optimallashtirish orqali manyovr teplovozlarining iqtisodiy samaradorligi va ishonchliligi darajasini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan usullar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
issiqlik va miqdoriy balans tenglamalari yordamida yoqilgining solishtirma samarador sarfini inobatga olgan holda TEM2 seriyali manyovr teplovozi PD1M rusumli dizel dvigatelining iqtisodiy, texnik va ekologik ko‘rsatkichlarini hisoblash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan; 
termodinamika va miqdoriy muvozanat qonunlari asosida dizelning silindr-porshen guruhi va gaz turbinali nadduv tizimlarining o‘zaro birgalikdagi ishini hisoblash va muvofiqlashtirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan; 
PD1M rusumli dizel dvigateli rostlash parametrlarining optimal qiymatlarini hisobga olgan holda, TEM2 seriyali manyovr teplovozlarining iqtisodiy va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini beruvchi metodika ishlab chiqilgan;
ilk bor teplovoz dizeli gaz-havo traktining texnik holatini turbokompressorga kiruvchi va chiquvchi yongan gazlarning nisbiy farqi asosida tezkor nazorat qilishning usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor dizel yoqilg‘isining solishtirma og‘irlik sarfini aniqlash va tahlil qilish imkonini beruvchi mobil qurilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
manyovr teplovozlari dizelining tejamkorligi va ishonchliligiga rostlash parametrlarining ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari hamda dizelning gaz-havo yo‘li holatini tezkor nazorat qilish usuli “O‘zbekiston” lokomotiv deposi sharoitida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 4/E1627-son ma’lumotnomasi). Natijada, TEM2 rusumidagi manyovr teplovozlarining yoqilg‘i sarfi bo‘yicha samaradorligi, texnik ishonchliligi va ekologik xavfsizligini yaxshilash imkoniyati ortgan;  
rostlanuvchi parametrlarni teplovozning samaradorligi va ishonchliligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlar va metodika Qarshi lokomotiv deposida TEM2 rusumli manyovr teplovozlarini yoqilg‘i sarfi bo‘yicha tejamkorligini va texnik jihatdan ishonchliligini baholash bo‘yicha sinov ishlarida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 3-dekabrdagi 4/E1627-son ma’lumotnomasi). Natijada, TEM2 rusumidagi manyovr teplovozlarida yoqilg‘i sarfini qisqartirish hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 4,95 milliard so‘mni tashkil etgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish