Nazarov Feruz Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikkilamchi polietilen chiqindilari asosida  qiyin yonuvchan materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4113.
Ilmiy rahbar: Lutfullaev Sa`dulla Shukurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Vapaev Husniddin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polietilen chiqindilarining kimyoviy tarkibini o‘zgartirmasdan qo‘shimchalar qo‘shish bilan maxsus xususiyatli qiyin yonuvchan materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
I-0525 va I-0760 markali ikkilamchi polietilen tarkibiga antipiren kiritish bilan polimer aralashmaning bir jinsli gomogen massaga o‘tishi, polietilen kompozisiya strukturasining orientatsion xossalar va qoliplanishining yaxshilanishi asoslangan;
ikkilamchi polietilenni antipirenlar bilan modifikatsiyalash orqali,  kam yonuvchan mexanik mustahkam va termik barqaror polimer kompozisiyalar tarkibi aniqlangan;
ikkilamchi polietilen asosidagi materiallarga 15 % antipirenli kompozisiya kiritish bilan to‘liq qovushoq-oquvchan holatga erishguncha ketgan vaqt 9 minut, Brabender shnekiga tushadigan yuklanish plastikatsiya boshlanish vaqtida 39 %, to‘liq plastikatsiya vaqtida esa 65 % ni tashkil etishi isbotlangan;
antipiren  bilan modifikatsiyalangan ikkilamchi polietilen 25,87 - 278,84 S xaroratlar chegarasida birlamchi, 278,84 - 601,68 S xaroratlar chegarasida ikkilamchi parchalanishi termogravimetrik analiz egri chizig‘i orqali aniqlanib, antipirensiz ikkilamchi polietilenga nisbatan termik barqarorligi 23 C oshganligi asoslangan;
ikkilamchi polietilen chiqindilarining kimyoviy tarkibini o‘zgartirmasdan qo‘shimchalar qo‘shish bilan maxsus xususiyatli qiyin yonuvchan materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yonuvchanligi kamaytirilgan kompozit polietilen materiallari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyoviy qo‘shimalar qo‘shib modifikatsilangan kompozit polimer materiallar olish texnologiyasi Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining «2024-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 13 sentyabridagi OP24/EM-3530-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi polietilen chiqindilari asosida kam yonuvchan, xizmat muddati oshirilgan, himoya va dekorativ xossalari takomillashgan polimer kompozisiyalar ishlab chiqarish imkonini beradi;  
kimyoviy qo‘shimalar qo‘shib modifikatsilangan kompozit polimer materiallar olish texnologiyasi Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining «2024-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 13 sentyabridagi OP24/EM-3530-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomchilatib sug‘orish quvurlari uchun butlovchi qismlar - fitinglar ishlab chiqarish imkonini beradi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish