Amanov Ravshan Amanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Fanlararo integratsiya asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining fan kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6295.
Ilmiy rahbar: Alimova Farzona Abdukamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzah davlar pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kimyoviy bilimlarini ingliz tili bilan fanlararo integratsiya asosida fan kompetensiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining (kimyo + ingliz tili) fan kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, shuningdek, pedagogik integratsiyaning vertikal va gorizontal tuzilmalariga muvofiq kimyoviy ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan asosiy tamoyillar, sharoitlar va metodik yondashuvlarning uyg‘unligi asosida kasbiy tayyorgarlikning didaktik xususiyatlari aniqlab berilgan;
o‘quv jarayoniga tizimli davriylikni joriy etish asosida kimyoviy ta’lim konsepsiyasi va 4C modeli hamda ilmiy kimyo lug‘atiga tayangan Blum taksonomiyasi bo‘yicha mezonli baholashga muvofiq fanlararo integrativ yondashuv takomillashtirilgan;
kimyo fanining jadal shakllanishi va ta’lim muhitida fanlararo metodikaning mantiqiy-kommunikativ dasturlar fan kompetensiyasi va professionallizmni rag‘batlantirish asosida integratsiyasiga tayangan holda konseptual model takomillashtirilgan;
kimyo va ingliz tilining fanlararo integrasiyasi sharoitida fan kompetensiyalarini rivojlantirishning baholash mezonlarini aniqlashga, o‘quv muammolarini maqbul hal etishga, shuningdek o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini faktorial aniqlashtirishga qaratilgan sinxronlashtirilgan qator vazifalarni moslashtirish asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayorlashga integrative yo‘ndashuv ko‘nikmalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining fan bo‘yicha kompetensiyasini fanlararo integratsiya asosida takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
metafanga oid til tizimi va fan bilimlari hamda nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar tizimi asosida ishlab chiqilgan konseptual model tuzilmasi asosida “Organik kimyo” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi (Nashrga ruxsat № 2023/318U-117, 2023-yil 27-oktyabrdagi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining № 3/3.2 buyrug‘iga binoan). Natijada, ingliz tilida o‘qish bo‘yicha fan bilimlari va nutqiy ko‘nikmalar shakllantirildi va rivojlantirildi, kognitiv strategiyalar takomillashtirildi, shuningdek, organik kimyo bo‘yicha bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining metafan glossariysining didaktik imkoniyatlari aniqlangan;
mantiqiy-formal tafakkur hamda dalillash, izohlash, sharhlash kabi mantiqiy-kommunikativ amallar asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va “Analitik kimyo. Sifat tahlili” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlanib, amaliyotga joriy etildi (Nashrga ruxsat № 2023/318U-116, 2023-yil 27-oktyabrdagi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining № 3/3.2 buyrug‘iga binoan). Natijada, talabalarning fan bo‘yicha kompetensiyasi va kasbiy mahorati fanlararo integratsiya asosida takomillashtirildi, shuningdek, analitik kimyo fanini o‘qitish samaradorligi oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish