Turdumatov Jamshed Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «II Tipdagi qandli diabetda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi rentgenologik semiotikasi xususiyatlari» 14.00.19 - Klinik radiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1432.
Ilmiy rahbar: Mardieva Gul`shod Mamatmuradovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduganieva El`nora Abrolovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2 tipdagi qandli diabet va o‘pka surunkali obstruktiv kasalligining nurli semiotikasining o‘ziga xos spesifikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2 tip qandli diabet fonida kechayotgan O‘SOK bronxlarni o‘tkazuvchanlikning buzilishlarni aniqlashda bronxit fenotipli emfizematoz jarayoni bronx yo‘llarining yopilishi hisobiga rentgenologik belgilari mavjudligi aniqlangan;
2 tip qandli diabet fonida og‘ir kechayotgan O‘SOK bemorlarda emfizemaning rentgenologik belgilarda o‘pkaning radiografik tekshiruv o‘pka makro tuzilishi holati aniq ko‘rsatmaganligi sabablarga ko‘ra past sezgirlik tekshiruv usuli isbotlangan.
yupqa kesimli multispiral kompyuter tomografiyasi yordamida qandli diabet va O‘SOKda o‘pka mikrovaskulopatiyasini va nafas olish yo‘llarini remodellash va peribronxial fibroz belgilari aniqlangan hisobiga fibroz rivojlanishning darajasi mezonlari ishlab chiqilgan;
2 tipdagi qandli diabet va O‘SOK bilan kechadigan holatlarda kichik bronxlar shikastlanishining ekspirator obstruksiya hamda dixotomitik kengaygan parenxima tomirlarining munchoq shaklidagi deformatsiyasi multispiral kompyuter tomografiyasi mikrovaskulopatiyaning namoyon bo‘lishi xisobiga yuqori informativ usul ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘SOK va 2 tip qandli diabet komorbidligida nur tashxisoti natijalarini zamonaviy vizualizatsiya usullari yordamida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 2 tip qandli diabet fonida kechayotgan O‘SOK bronxlarni o‘tkazuvchanlikning buzilishlarni aniqlashda bronxit fenotipli emfizematoz jarayoni bronx yo‘llarining yopilishi hisobiga rentgenologik belgilari mavjudligi aniqlanganligi, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Samarqand bekatidagi tugunli birlashgan shifoxonaning 20.01.2021 yildagi 8n-r/36-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.10.2024 yildagi 07/17-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorlik: ushbu guruhda nur tashxisining optimal natijalariga erishish uchun bemorlarni uzoq muddat kuzatish va davolash taktikasini tuzatish muhimligini ta’kidlaydi. Kompleks rentgenologik diagnostika ma’lumotlariga asoslanib, xulosa qilish mumkinki, nafas etishmovchiligi va qo‘zish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash davolash usulini moslashtirish, shu jumladan maxsus dori vositalaridan foydalanish va reabilitatsiya chora-tadbirlarini o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: kliniko-rentgenologik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2 tip qandli diabet bilan birga kechuvchi O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda bronxitik fenotipi (20%) diabetsiz O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarga (7,5%) nisbatan ko‘proq aniqlangan. Nisbatan qulay deb hisoblangan emfizematoz fenotip ko‘pincha diabetsiz O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda kuzatilgan (45%). Shu bilan birga, O‘SOK va 2 tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning kuchayishini oldini olishning iqtisodiy samaradorligi yuqori, chunki bu guruhda kasallikning kuchayishi sezilarli darajada ko‘p (40% diabetsiz O‘SOK guruhidagi 15% ga nisbatan). Xulosa: natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘SOKning bronxitik va emfizematoz tiplarini aniqlashning iqtisodiy samaradorligi davolash xarajatlarini kamaytirish va individual yondashuvni qo‘llash orqali davolash sifatini yaxshilashdan iborat. Bu kasallik qo‘zish chastotasini kamaytirish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida tibbiy va iqtisodiy xarajatlarni qisqartiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: 2 tip qandli diabet fonida og‘ir kechayotgan O‘SOK bemorlarda emfizemaning rentgenologik belgilarda o‘pkaning radiografik tekshiruv o‘pka makro tuzilishi holati aniq ko‘rsatmaganligi sabablarga ko‘ra past sezgirlik tekshiruv usuli isbotlanganlig Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Samarqand bekatidagi tugunli birlashgan shifoxonaning 20.01.2021 yildagi 8n-r/36-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: emfizemaning engilroq ko‘rinishlarida 2 tip qandli diabet va O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarning o‘pka parenximasi shikastlanishi xususiyatlarini aniqlash kech tashxis qo‘yishning oldini olishga va davolash natijalarini yaxshilashga yordam beradi, bu esa hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: MSKT usuli bilan o‘pka parenximasi zichligining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, 2 tip qandli diabet bilan birga kechuvchi O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan diabetsiz O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda densitometrik ko‘rsatkichlarning pasayishi ko‘proq ifodalangan. Ushbu tadqiqotlar O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda MSKTda o‘pka parenximasi zichligi ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, ayniqsa, 2 tip qandli diabet fonida o‘rganilayotgan patologiyaning og‘irlik darajasini baholash uchun muhimligini ta’kidlaydi. Umuman olganda, tadqiqot davolash samaradorligini baholashda o‘pka parenximasini o‘rganishda densitometriyani tahlil qilish va bu holat bilan og‘rigan bemorlar uchun individual yondashuvni belgilash muhimligini ko‘rsatdi. Xulosa: O‘SOK va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda emfizemaning kamroq ifodalanganlik darajasini bilish tashxis qo‘yish algoritmlarini to‘g‘rilash imkonini beradi, bu esa takroriy MSKT kabi ortiqcha tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, tibbiyot muassasalarining mablag‘larini tejaydi va komorbid holatning patogenezini aniqlash yanada samarali va kam xarajatli davolash usullarini tanlashga ko‘maklashadi.
uchinchi ilmiy yangilik: yupqa kesimli multispiral kompyuter tomografiyasi yordamida qandli diabet va O‘SOKda o‘pka mikrovaskulopatiyasini va nafas olish yo‘llarini remodellash va peribronxial fibroz belgilari aniqlangan hisobiga fibroz rivojlanishning darajasi mezonlari ishlab chiqilganligi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Samarqand bekatidagi tugunli birlashgan shifoxonaning 20.01.2021 yildagi 8n-r/36-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.10.2024 yildagi 07/17-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorlik: O‘SOKning mikrovaskulopatiyasini erta bosqichlarda aniqlash va og‘ir shakllarini hamda O‘SOK uchun xos bo‘lgan o‘pka to‘qimasining fibrozli zararlanishini oldini olish imkoniyati kasallik prognozini yaxshilaydi, o‘z vaqtida davolashni boshlash, kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish va asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: tahlil shuni ko‘rsatdiki, o‘pka parenximasining o‘ziga xos mikrovaskulopatiyasi va qandli diabet asosida yotuvchi mikroangiopatiya ko‘rinishlari 2 tip qandli diabet bilan komorbid bo‘lgan O‘SOKda o‘pka mikrotsirkulyasiyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa davolashda ijobiy natijaga erishish imkoniyatini sezilarli darajada pasaytiradi. Xulosa: ushbu ko‘rsatkichlarning dolzarbligi har bir bemorning individual prognostik omillarini hisobga olgan holda erta bosqichda tashxislash strategiyalarini takomillashtirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 2 tipdagi qandli diabet va O‘SOK bilan kechadigan holatlarda kichik bronxlar shikastlanishining ekspirator obstruksiya hamda dixotomitik kengaygan parenxima tomirlarining munchoq shaklidagi deformatsiyasi multispiral kompyuter tomografiyasi mikrovaskulopatiyaning namoyon bo‘lishi xisobiga yuqori informativ usul ekanligi asoslanganligi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Samarqand bekatidagi tugunli birlashgan shifoxonaning 20.01.2021 yildagi 8n-r/36-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: qandli diabetning 2 tipi bilan og‘rigan bemorlarda O‘SOK kechishining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar kichik bronxlar zararlanishi va mikrovaskulopatiyani erta aniqlashga qaratilgan yanada aniq tashxislash protokollarini ishlab chiqishga imkon beradi. Bu esa komorbid holatni hisobga olgan holda davolashga individual yondashuvni ta’minlaydi, bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi va umrini uzaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot 2 tipi qandli diabet bilan komorbid bo‘lgan O‘SOKni tashxislash natijalariga prognostik omillarning kompleks ta’sirini tushunishga muhim hissa qo‘shadi, shaxsiylashtirilgan tashxislash strategiyalarini ishlab chiqish uchun yangi istiqbollarni taklif etadi. O‘SOK va qandli diabetning 2 tipi o‘zaro og‘irlashuvining isbotlari profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu esa qo‘zg‘alishlar va asoratlar chastotasini kamaytiradi, natijada shoshilinch kasalxonaga yotqizish va intensiv terapiya xarajatlarini erta tashxislash orqali 30% gacha kamaytiradi. Bu bemorning holatini baholash va tashxislash usullarini tanlashga kompleks yondashuvning muhimligini ta’kidlaydi, kasallikning prognozini sezilarli darajada yaxshilaydi va eng samarali tibbiy aralashuvni ta’minlaydi. Xulosa: takomillashtirilgan tashxislash 2 tip qandli diabet bilan komorbid bo‘lgan O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda o‘pka parenximasini baholashga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa pul`monologiya amaliyotida samarali protokollar va tashxislash strategiyalarini ishlab chiqish uchun asos yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish