Alixonov Abrorxon A’zamxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka kovlash mashinasini kovlovchi ishchi qismining konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4279.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bayboboyev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Rahmonov Xusan Tojievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  kichik hajmli kartoshka kovlagichning kovlovchi ishchi qismini takomillashtirish yo‘li bilan ish unumini va sifatini oshirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kulachokli rotor diametri, kulachok qatorlari soni, aylanishlar sonini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar, lemexga tushayotgan aralashma og‘irligi, hajmi hamda geometrik o‘lchamlari va kulachokli rotor bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda aniqlangan;
kulachok profilini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda kulachokli rotor diametri, burchak tezligi va tuganakga ta’sir etuvchi normal bosim kuchi, ishqalanish kuchi va massani lemexda harakatlantiruvchi kuchlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
kulachokli rotor validagi burovchi moment va kulachoklarni tuproq-kartoshka massasiga kirishidagi qarshilik kuchini aniqlash imkonini baradigan analitik ifoda tuproq xossasining beqarorligi va qarshilik kuchining uslyuksizligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
eksperimental tadqiqotlar asosida kulachokli rotor parametrlari (kulachok diametri; aylanishlar soni; kulachok qatorlari soni va kulachok barmoqlari soni) ni hamda kovlagich tezligini maqbul qiymatlari agrotexnik va energetik ko‘rsatgichlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini hisoblash orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Kovlovchi ishchi qismi kulachokli rotor bilan jihozlangan kartoshka kovlagichning  parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kartoshka tuganaklarini tuproqdan yuqori saralanish darajasini ta’minlaydigan kartoshka kovlagichning ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 26-dekabrdagi 05/17-04-301-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik sxemasi va parametrlari asoslangan, kovlovchi ishchi qismi takomillashgan kulachokli rotor bilan jihozlangan kichik hajmli kartoshka kovlagichni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan kulachokli rotor bilan jihozlangan kichik hajmli kartoshka kovlagich Namangan viloyati Kosonsoy tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 26-dekabrdagi 05/17-04-301-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshka hosilini yig‘ib olishda mehnat sarfini 18 foizga, ekspluatatsion sarf-xarajatlarni 29 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish