Uralov Olimjon Maxammadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, Raqamli iqtisodiyot sharoitida kabel mahsulotlari natijadorligi va sotish jarayonining samaradorligini oshirish (“Uzkabel” AJ QK misolida), ixtisoslik shifri 08.00.16-“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.Iqt.3930
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kenjabaev Oman Turgunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida “UZKABEL” AJ QKning jahon bozorida kabel mahsulotlarini sotishni yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar doirasida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Uzkabel” AJ QK kabel mahsulotlari sifati, assortimenti va jahon bozorida realizatsiyasi darajasini oshirishning strategik modeli 9 turdagi omilga ko‘ra takomillashatirilgan hamda uning raqamli texnologiyalarga ko‘ra tashkil qilinishi taklif etilgan;
raqamli iqtisodiyotda “Uzkabel” AJ QK kabel mahsulotlarining jahon bozorida muvaffaqiyatli realizatsiyasiga ko‘ra tashqi muhit sharoitlarini tahlil qilishning uch va besh ballik shkalalar oralig‘ida bo‘lgan baholash yondashuvi taklif etilgan;
kabel mahsulotlari sotish jarayoni samaradorligini oshirishda ma’lumotlarni sotish grafikasidagi aniqlik va yaxlitlikning taqsimlanishiga ko‘ra “CABSALEPRO” dasturiy vositasining algoritmi takomillashtirilgan va mahsulotlar sotilishdagi dasturiy ta’minot ishonliligi bo‘yicha tavsiyalar asoslangan;
“Uzkabel” AJ QK qo‘shma korxonasining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda asosiy faoliyati bo‘yicha foyda, joriy va uzoq muddatli majburiyatlar, pul mablag‘lari va foyda solig‘I kabi omillarga ko‘ra prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida kabel mahsulotlari natijadorligi va sotish jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Uzkabel” AJ QK kabel mahsulotlari sifati, assortimenti va jahon bozorida realizatsiyasi darajasini oshirishning strategik modeli 9 turdagi omilga ko‘ra takomillashatirish bo‘yicha taklif “Uzkabel” AJ QK faoliyatiga joriy qilingan (“Uzeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 2 iyuldagi 2361/21-sonli, “Uzkabel” AJ QK 2024 yil 11 iyuldagi 1/105-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilik “Uzkabel” AJ QKning 2023 yildagi biznes rejasiga qo‘shimcha 9 ta omilni kiritish asosida korxonaning asosiy faoliyatdan tushgan foydasini muayyan darajaga oshirishga xizmat qilgan;
raqamli iqtisodiyotda “Uzkabel” AJ QK kabel mahsulotlarining jahon bozorida muvaffaqiyatli realizatsiyasiga ko‘ra tashqi muhit sharoitlarini tahlil qilishning 3 va 5 ballik shkalalar oralig‘ida bo‘lgan baholash yondashuvi bo‘yicha taklif “Uzkabel” AJ QK faoliyatiga joriy qilingan (“Uzeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 2 iyuldagi 2361/21-sonli, “Uzkabel” AJ QK 2024 yil 11 iyuldagi 1/105-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklif “Uzkabel” AJ QKning 2023 yildagi faoliyatining bahosi 2,31 va 2,92 ballga teng bo‘lishiga xizmat qilgan;
kabel mahsulotlari sotish jarayoni samaradorligini oshirishda ma’lumotlarni sotish grafikasidagi aniqlik va yaxlitlikning taqsimlanishiga ko‘ra “CABSALEPRO” dasturiy vositasi algoritmini takomillashtirish va mahsulotlar sotilishdagi dasturiy ta’minot ishonliligi bo‘yicha tavsiyalar “Uzkabel” AJ QK faoliyatiga joriy qilingan (“Uzeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 2 iyuldagi 2361/21-sonli, “Uzkabel” AJ QK 2024 yil 11 iyuldagi 1/105-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida “Uzkabel” AJ QK xodimlarining vaqtini tejashga imkon bergan;
“Uzkabel” AK qo‘shma korxonasining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda asosiy faoliyati bo‘yicha foyda, joriy va uzoq muddatli majburiyatlar, pul mablag‘lari va foyda solig‘i kabi omillarga ko‘ra prognoz qiymatlari qo‘shma korxona tomonidan “Uzkabel” AJ QK qo‘shma korxonasini stretegik rivojlantirish rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan faoliyatiga joriy qilingan (“Uzeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 2 iyuldagi 2361/21-sonli, “Uzkabel” AJ QKning 2024 yil 11 iyuldagi 1/105-sonli ma’lumotnomalari). Prognoz bo‘yicha takliflar qo‘shma korxona faoliyatiga raqamli format texnologiyalarini keng joriy qilish va ichki imkoniyatlarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilishga ko‘ra istiqbolda mahsulotlarni sotishdan sof tushum hajmini 1.5 barobarga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.