Sharafutdinova Durdona Akmalevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda intellektual-anglash malakalarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish” (katta guruh tarbiyalanuvchilari misolida),
13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3937
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna - p.f.n., professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), Ibragimova Gulsanam Ne’matovna, p.f.f.d., (PhD) dotsent Berdieva Muhabbat Meylievna
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda intellektual-anglash malakalarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta guruh bolalarining intellektual-anglash malakalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari aqliy qobiliyatni intensiv rivojlantiruvchi texnologiyalar vositasida bilish jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha katta guruh bolalarining intellektual-anglash malakalarini shakllantirishning metodik tizimi kognitiv, metakognitiv, reproduktiv, produktiv aspektlarini tarbiyachi-pedagoglarni faoliyatiga integrativ singdirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda intellektual-anglash malakalarini shakllantirish modeli Finlyandiya tajribasi asosida bolalarda iqtidorni yuzaga chiqaruvchi sensorintegratsiya harakatlari uyg‘unligini namoyon etish kabi yondashuvni o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga singdirish asosida takomillashtirilgan;
kreativlik va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik ta’minot modellashtirishning erkin tanlov, universallik va normativlik tamoyillariga psixologik jihatdan ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. maktabgacha katta guruh bolalarining intellektual-anglash malakalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari aqliy qobiliyatni intensiv rivojlantiruvchi 3d modelli texnologiyasi vositasida rivojlantirishga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 3-oktabrdagi 03-552-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta guruh bolalarining intellektual-anglash malakalarini shakllantirishning samarali texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha katta guruh bolalarining intellektual-anglash malakalarini shakllantirishning metodik tizimi kognitiv, metakognitiv, reproduktiv, produktiv aspektlarini tarbiyachi-pedagoglarni innovatsion faoliyatini takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining katta guruh tarbiylanuvchilari uchun ishlab chiqilgan parsial dastur mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 3-oktabrdagi 03-552-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha katta guruh bolalarining intellektual-anglash malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashuviga erishilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda intellektual-anglash malakalarini shakllantirish modeli bolalarda iqtidorni yuzaga chiqaruvchi sensorintegratsiya harakatlari uyg‘unligini namoyon etish kabi yondashuvni o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga singdirishishga doir takliflar Finlyandiya tajribasi asosida takomillashtirilgan. (“Finlandiyada maktabgacha ta’lim” qo‘llanma UO‘K: 811.511, KBK: 81.661.1, ISBN: 978-9943-9640-2-0). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda intellektual-anglash malakalarini shakllantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari aniqlangan;
kreativlik va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik ta’minoti erkin tanlov, universallik va normativlik tamoyillarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” rivojlanish sohalari bo‘yicha o‘yinlar kartotekasi” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 3-oktabrdagi 03-552-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda intellektual-anglash malakalarini shakllantirishga oid ilmiy-nazariy xulosa va takliflar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini intellektual o‘yinlar asosida tashkil qilishga xizmat qilgan.