Samandarova Sojida Furqat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tomas Harris asarlarida qahramon badiiy psixologizmi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4599.
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasriddinov Dilshod Azamkulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tomas Harris romanlaridagi qahramon badiiy psixologizmining mazmun va shakliy xususiyatlarini tahlil qilish, ijodkorning badiiy va tarixiy haqiqat hamda badiiy makon va zamonni tasvirlash mahoratini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy adabiyotshunoslikda yuzaga kelgan psixologik triller janr poetikasi va qahramonlar ichki dunyosini yoritish mezonlari Amerika adibi Tomas Harris tetralogiyasiga xos janriy xususiyatlar badiiy tahlil sinteziga ko‘ra takomillashtirilgan;
Tomas Harris romanlarida muallif – roviy – personaj munosabatlari muallif gʻoyasining mantiqiyligi, ijodiy fantaziyasining kengligi hamda iste’dod mezonining mehnat, saviya, shaxsiyat va sharoit maromlari bilan yaxlitlik kasb etishi badiiy tahlil vositalari misolida isbotlangan;
xarakter, voqelik, vaziyat, ichki monolog, konflikt, verbal va noverbal holatlar negizida yuzaga chiqqan psixologik xronotop asosida obraz tasvirini umumlashtirish va tipiklashtirish qobiliyati ishonarlilik maromining badiiy-estetik tamoyillari orqali shakliy va mazmuniy xususiyatlarga ko‘ra badiiy-konseptual yaxlitlikda dalillangan;
psixologik trillerda tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirishda yozuvchi adabiy aholisini obrazli shakllantirishi, xususan, asar bosh qahramonlarini prototiplar negizida yoritish orqali izquvar, qotil, jabrlanuvchi, guvoh va maslahatchi kabi personajlarning tipik kategoriyasi tasniflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tomas Harris asarlarida qahramon badiiy psixologizmining, badiiy va tarixiy haqiqatning ifodalanish usullarini tahlil qilish va psixologik triller janrining ilmiy-nazariy asoslarini rivojlantirish jarayonida olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
zamonaviy adabiyotshunoslikda yuzaga kelgan psixologik triller janrining poetikasi, qahramonlar ichki dunyosining mahorat bilan ochib berilishi mezoni negizida Amerika adibi Tomas Harris tetralogiyasiga xos janriy xususiyatlarning badiiy tahlil sintezi takomillashtirilganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 15-fevraldagi 01-03/187-son ma’lumotnomasi, “Yang asr avlodi” nashriyot-matbaa markazining 2024-yil 16-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada Harris tetralogiyasi birinchi va ikkinchi qismining o‘zbek tilidagi tarjimasi amalga oshirilgan;
Tomas Harris romanlarida muallif – roviy – personaj munosabatlari muallif g‘oyasining mantiqiyligi, ijodiy fantaziyasining kengligi hamda iste’dod mezonining mehnat, saviya, shaxsiyat va sharoit maromlari bilan yaxlitlik kasb etishi borasidagi xulosalardan Xitoy Xalq Respublikasidagi Baodin universitetida yaratilgan “Amerika adabiyoti” darsligining “XXI asr adabiyoti” qismini yozishda foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Baodin universiteti Xorijiy til ta’limi va xalqaro biznes fakultetining 2024-yil 30-martdagi 202403-19-son ma’lumotnomasi). Natijada darslik mazmun-mohiyati Tomas Harris ijodi va psixologik triller janrining badiiyatiga oid nazariy ma’lumotlar asosida boyitilgan;
xarakter, voqelik, vaziyat, ichki monolog, konflikt, verbal va noverbal holatlar negizida yuzaga chiqqan psixologik xronotop badiiy-konseptual yaxlitlikda asoslangan holda ijodkorning obraz tasvirini umumlashtirish va tipiklashtirish qobiliyati ishonarlilik maromining badiiy-estetik tamoyillari orqali shakliy va mazmuniy xususiyatlarga ko‘ra dalillangani haqidagi ma’lumotlardan Xitoy Xalq Respublikasidagi Xebey dasturiy ta’minot instituti ingliz tili va adabiyotini o‘qitish bo‘limi tomonidan asarlarni badiiy tahlil qilish mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Xebey dasturiy ta’minot instituti Umumiy kurslarni o‘qitish kafedrasining 2024-yil 1-apreldagi 05-2404-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni dars mashg‘ulotlarida joriy qilish orqali zamonaviy Amerika adabiyotidagi psixologik triller janri an’analari va uning o‘ziga xos xususiyatlari borasida talabalarning bilim va ko‘nikmalari shakllantirilgan;
psixologik trillerda tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirishda yozuvchi adabiy aholisini obrazli shakllantirishi, xususan, asar bosh qahramonlarini prototiplar negizida tasvirlashi asosida izquvar, qotil, jabrlanuvchi, guvoh va maslahatchi kabi personajlarning tipik kategoriyasi tasniflangani xususidagi mulohazalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida amalga oshirilgan 1683580 raqamli “English as a school subject” hamda Erasmus+ dasturining ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, 2020-1-UK01-KA107-078419 nomli xalqaro amaliy loyihalarida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 18-apreldagi 01/225-son, 2024-yil 30-avgustdagi 01/512-son ma’lumotnomalari). Natijada xalqaro loyihalar doirasida yaratilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlari mazmun-mundarijasiga ko‘ra takomillashtirilgan.