Jumaniyozov Razzoqbergan Palvannazirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt774
Ilmiy rahbar: Nazarmatov Oxunjon Sotvoldievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Achilova Firuza Kurbanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa sanoat korxonalari raqobatbardoshligini Tuproqqal’a tumanini mashinasozlik sanoatiga, Bog‘ot, Xiva, Shovot tumanlarini meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoatiga, Qo‘shko‘pir, Urganch tumanlarini qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish hisobiga oshirish taklifi asoslangan;
mintaqa sanoat korxonalari raqobatbardoshligi kapital va mehnat omillariga ko‘ra oshirishda investisiyalarning miqdoriy ko‘rsatkichlariga, ishchi kuchining samaradorligiga mutanosibligi asoslangan;
Xorazm viloyati sanoat korxonalari raqobat ustunligini ishlab chiqarish va innovatsion infratuzilma, istiqboldagi talab strategiyasi, tarmoq va hududlararo diversifikatsiyalashga ko‘ra ta’minlash taklifi asoslangan;
korxonalar soni, investisiya va ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlarining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyatida sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa sanoat korxonalari raqobatbardoshligini Tuproqqal’a tumanini mashinasozlik sanoatiga, Bog‘ot, Xiva, Shovot tumanlarini meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoatiga, Qo‘shko‘pir, Urganch tumanlarini qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish hisobiga oshirish taklifi Xorazm viloyati hokimining  2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 30-avgustdagi 10-2997-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyatining tumanlari va shaharlarida xilma xil sanoat tarmoqlari turlarini samarali rivojlantirish imkonini bergan;
mintaqa sanoat korxonalari raqobatbardoshligi kapital va mehnat omillariga ko‘ra oshirishda investisiyalarning miqdoriy ko‘rsatkichlariga, ishchi kuchining samaradorligiga asoslangan mutanosiblik bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 30-avgustdagi 10-2997-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qo‘llash asosida mintaqa sanoat korxonalarida qo‘shimcha 100 nafar ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatini yaratgan;
Xorazm viloyati sanoat korxonalari raqobat ustunligini ishlab chiqarish va innovatsion infratuzilma, istiqboldagi talab strategiyasi, tarmoq va hududlararo diversifikatsiyalashga ko‘ra ta’minlash taklifi Xorazm viloyati hokimining  2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 30-avgustdagi 10-2997-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida viloyat sanoat korxonalarining raqobatbardoshliligini o‘rtacha 5-10 foizga oshirishga erishilgan;
korxonalar soni, investisiya va ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlarining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Xorazm viloyati hokimining  2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 30-avgustdagi 10-2997-son ma’lumotnomasi). Mazkur model asosida 2027-yilgacha Xorazm viloyatida sanoat mahsulotlari hajmini 1,8 martaga, real hajmini esa o‘rtacha 6,4 foizga o‘sishi hamda unga asos bo‘luvchi korxonalar faollik darajasining o‘rtacha 3,9 foizdan o‘sib, 2 martaga ko‘payishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish