Maxmudov Ikrorxon Rustamxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tuproqqa ishlov beradigan mashinalar ishchi organlari uchun eyilishga bardoshli materiallarni ishlab chiqish va ulardan lemexlar tayyorlash», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T4658.
Ilmiy rahbar: Qosimov Karimjon Zuxriddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ulmasov Tulqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nabiev To‘xtamurod Saxobovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproqqa ishlov beradigan mashinalar ishchi organlari uchun eyilishga bardoshli materiallarni ishlab chiqish va ulardan lemexlar tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida mustahkam strukturaga, qattiqlikka, eyilishga chidamlilikka ega bo‘lgan, ish resursini yangisiga nisbatan 1,60 – 3,04 marta gacha yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan lemex materialining samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
lemex materialining eyilish jadalligi, eyilish miqdori va tuproqning nisbiy eyiltirish xususiyati bosimiga, ishqalanish tezligiga, lemex materialining qattiqligiga bog‘liqligi aniqlangan;
chizel`-kul`tivatorlarning tez eyiladigan lemexlarini mahalliy xom ashyolardan quyish uchun shixta tarkibini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
lemexlarga seriyalab termik ishlov berish imkonini beradigan va ularga termik ishlov beruvchi avtomatlashtirilgan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyolar asosida eyilishga chidamli va materiali asoslangan chizel`-kul`tivator lemexlarini quyish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproqqa ishlov beradigan mashinalar ishchi organlari uchun eyilishga bardoshli materiallarni ishlab chiqish va ulardan lemexlar tayyorlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chizel`-kul`tivatorlar uchun mahalliy xom ashyolardan lemex quyib tayyorlash texnologiyasi Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “KHANTEX AGRO SERVIS” MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-515-son ma’lumotnomasi). Natijada, chizel`-kul`tivator lemexlarning ish resursini 1,60-3,04 martaga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan lemex materialining samarali tarkibi “AVTO TEXNO IMPULS” MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-515-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyolardan foydalanib eyilishga chidamli chizel`-kul`tivator lemexlarini quyish va termik ishlov berish asosida ularni seriyalab ishlab chiqarish imkonini bergan.