Yusufova Munisa Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ona organizmi orqali berilgan pestisidlarning avlod ayol buyrak tizimining postnatal taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’sirining qonuniyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2648.
Ilmiy rahbar: Xojanazarova Saule Jubatirovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali pestisidlar fonida rivojlangan xomiladorlikdan tug‘ilgan avlod kalamush buyraklarining postnatal rivojlanishi va shakllanishining struktur-funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fipronil pestisid ta`sirida tug‘ilgan avlodlar buyraklarining postnatal ontogenezida buyrakning asosiy morfofunksional birligi bo‘lgan nefronlarning barcha struktur-funksional tuzilmalarining morfologik ko‘rsatkichlari nazorat guruxiga nisbatan postnatal ontogenez dinamikasida 21-30-kungacha rivojlanish va shakllanish jarayonlarining orqada qolishiga olib kelishi isbotlangan;
fipronil pestisidining salbiy ta`siri sharoitida tug‘ilgan avlod buyraklarining po‘stloq qavati nefronlari aksariyat qon tomirlar koptokchalarining morfometrik ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan 2,4 barobar hajman kichikligi, proksimal va distal kanalchalar epiteliy hujayralarining morfologik etuklik ko‘rsatkichlari esa nazorat guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,69 martaga orqada qolishi aniqlangan;
fipronil pestisidi ta’sirida topinambur biologik faol qo‘shimchasini olgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan avlod buyraklarining struktur-funksional tuzilmalaridagi postnatal o‘sishi, rivojlanishi va shakllanishining postnatal jarayonlariga topinamburning ijobiy ta`siri isbotlangan;
fipronil pestisidi ta’sirida topinamburni qa’bul qilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda buyrak po‘stloq qavatidagi nefronlar qon tomirlar koptokchalarining morfometrik ko‘rsatkichlari nazorat guruxiga nisbatan postnatal ontogenezning 7-14-kunlarida 1,12 martaga kichiklashganligi, proksimal va distal naychalar epiteliy hujayralarining morfologik etuklik ko‘rsatkichlari 1,05 martaga kamayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali pestisidlar fonida rivojlangan xomiladorlikdan tug‘ilgan avlod kalamush buyraklarining postnatal rivojlanishi va shakllanishining struktur-funksional xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: fipronil pestisid ta`sirida tug‘ilgan avlodlar buyraklarining postnatal ontogenezida buyrakning asosiy morfofunksional birligi bo‘lgan nefronlarning barcha struktur-funksional tuzilmalarining morfologik ko‘rsatkichlari nazorat guruxiga nisbatan postnatal ontogenez dinamikasida 21-30-kungacha rivojlanish va shakllanish jarayonlarining orqada qolishiga olib kelishi isbotlanganligi  bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 mart 03/278-son bilan tasdiqlangan «Pestisidlar ta’sirida rivojlangan homiladorlikdan tug‘ilgan avlod buyraklarning postnatal rivojlanishi ontogenezini morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 28.03.2024 yildagi 16/i-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.03.2024 yildagi 30-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/76-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fipronil pestisidi ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlod buyraklarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni erta tashxislash bolalarda buyrak kasalliklarini oldini olish va davolashning samarali usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: ona organizmi orqali pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida avlod buyragida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash bolalarda buyrak patologiyalarini tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;  
ikkinchi ilmiy yangilik: fipronil pestisidining salbiy ta`siri sharoitida tug‘ilgan avlod buyraklarining po‘stloq qavati nefronlari aksariyat qon tomirlar koptokchalarining morfometrik ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan 2,4 barobar hajman kichikligi, proksimal va distal kanalchalar epiteliy hujayralarining morfologik etuklik ko‘rsatkichlari esa nazorat guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,69 martaga orqada qolishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 mart 03/278-son bilan tasdiqlangan «Pestisidlar ta’sirida rivojlangan homiladorlikdan tug‘ilgan avlod buyraklarning postnatal rivojlanishi ontogenezini morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 28.03.2024 yildagi 16/i-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.03.2024 yildagi 30-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/76-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fipronil pestisidi ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlod buyraklarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni erta tashxislash bolalarda buyrak kasalliklarini oldini olish va davolashning samarali usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: ona organizmi orqali pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida avlod buyragida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash bolalarda buyrak patologiyalarini tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: fipronil pestisidi ta’sirida topinambur biologik faol qo‘shimchasini olgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan avlod buyraklarining struktur-funksional tuzilmalaridagi postnatal o‘sishi, rivojlanishi va shakllanishining postnatal jarayonlariga topinamburning ijobiy ta`siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 mart 03/278-son bilan tasdiqlangan «Pestisidlar ta’sirida rivojlangan homiladorlikdan tug‘ilgan avlod buyraklarning postnatal rivojlanishi ontogenezini morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 28.03.2024 yildagi 16/i-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.03.2024 yildagi 30-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/76-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fipronil pestisidi ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlod buyraklarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni erta tashxislash bolalarda buyrak kasalliklarini oldini olish va davolashning samarali usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: ona organizmi orqali pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida avlod buyragida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash bolalarda buyrak patologiyalarini tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fipronil pestisidi ta’sirida topinamburni qa’bul qilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda buyrak po‘stloq qavatidagi nefronlar qon tomirlar koptokchalarining morfometrik ko‘rsatkichlari nazorat guruxiga nisbatan postnatal ontogenezning 7-14-kunlarida 1,12 martaga kichiklashganligi, proksimal va distal naychalar epiteliy hujayralarining morfologik etuklik ko‘rsatkichlari 1,05 martaga kamayganligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 mart 03/278-son bilan tasdiqlangan «Pestisidlar ta’sirida rivojlangan homiladorlikdan tug‘ilgan avlod buyraklarning postnatal rivojlanishi ontogenezini morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 28.03.2024 yildagi 16/i-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.03.2024 yildagi 30-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/76-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fipronil pestisidi ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlod buyraklarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni erta tashxislash bolalarda buyrak kasalliklarini oldini olish va davolashning samarali usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: ona organizmi orqali pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida avlod buyragida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash bolalarda buyrak patologiyalarini tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish