Nishonov Abdulloh Ubaydulloh o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Atom energiyasidan foydalanishda ekologik xavfsizlikni huquqiy ta’minlash masalalari” 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1461.
Ilmiy rahbar: Narzullaev Olim Xolmamatovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Uzakova Guzal Sharipovna; yuridik fanlari doktori, dotsent Babanazarov Kalbay Rustamovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi atom energetikasi obektlarida ekologik xavfsizligini ta'minlash sohasidagi nazariy qoidalarni ishlab chiqish, faoliyat samaradorligini baholash, shuningdek, muammolarni tahlil qilish asosida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atom elektr stansiyalari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajada xavfli bo‘lib, atrof-muhit va inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, shuning uchun ushbu faoliyatni lisenziyalanuvchi faoliyat turlariga kiritish muhim ekani va lisenziyalash tizimi AESlarning ekologik xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilishini ta’minlab, radiatsion chiqindilar nazoratini kuchaytirishi, bu esa atrof-muhitga zarar etkazilishining oldini olish, barqaror energetika rivojini qo‘llab-quvvatlash va ekologik xavflarni kamaytirishga xizmat qilishi xalqaro tajriba asosida asoslab berilgan;
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub AESlar loyiha hujjatlarida o‘z va tutash hududlarda “yashil belbogʻ”lar barpo etish hamda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish majburiyatini belgilashni, ushbu yondashuv radiatsion ifloslanish xavfini kamaytirib, biologik xilma-xillikni saqlashga, atmosferadagi uglerod balansini tartibga solishga, zararli gazlarni yutib, atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilishi va AESlarning ekologik ta’sirini minimallashtirishga xizmat qilishi asoslangan;
atom elektr stansiyalaridan foydalanishda radiatsion xavfsizlikni ta’minlash, ekotizimga salbiy ta’sirni kamaytirish, AESlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish, foydalanishdan chiqarish bosqichida xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash yuzasidan atom elektr stansiyalarini joylashtirish, loyihalash, qurish, ishga tushirish, ishlatish va foydalanishdan chiqarishda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonun normalarga va qoidalarga rioya qilishi shartligi asoslab berilgan;
yadro chiqindilarining uzoq muddatli xavfsizligi, atrof-muhitning radiatsion ifloslanishdan himoyasi, hududning qayta foydalanish imkoniyati, AESlar uzoq muddat ishlashga mo‘ljallangan bo‘lsada, ularning ekspluatatsiyadan chiqarilishi juda katta moliyaviy resurslarni talab qishi va xalqaro ekologik talablar va yadro xavfsizligi standartlariga mosligidan kelib chiqib, yadro qurilmasi (xususan, atom elektr stansiyasi) joylashuv loyihalari uning xavfsiz ekspluatatsiyadan chiqarilishini ta’minlovchi echimlarni o‘z ichiga olishi  shart bo‘lishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
atom elektr stansiyasi orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini lisenziyalanuvchi faoliyat turiga kiritish to‘gʻrisidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-939-sonli Qonunining 65-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 21-sentyabrdagi №3/08-180-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif atom elektr stansiyasi orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini lisenziyalanishini ta’minlagan;
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korxonalari loyiha hujjatlarida o‘z va tutash hududlarida “yashil belbogʻ”lar barpo etilishi va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 381-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sohalar va tarmoqlarda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʻrisida” qarorining b) badini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 03-03/39108-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga kiritlishi nafaqat atrof-muhitga jiddiy zarar keltiriladigan obektlarda balki, O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AESlar atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etilishi va ko‘kalamzorlashtirishga olib kelgan;
atom elektr stansiyalarini joylashtirish, loyihalash, qurish, ishga tushirish, ishlatish va foydalanishdan chiqarishda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonun normalarga va qoidalarga rioya qilishi shartligi to‘gʻrisidagi taklifi “Tabiatni muhofaza qilish to‘gʻrisida”gi qonuni takomillashtirishga berilgan takliflari foydalanish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 03-03/39108-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif  atom elektr stansiyalarini joylashtirish, loyihalash, qurish, ishga tushirish, ishlatish va foydalanish bogʻliq munosabatlarni asosiy qonun hisoblangan “Tabiatni muhofaza qilish to‘gʻrisida”gi qonunda mustahkamlanishini ta’minlagan;
radiatsiyaviy va yadroviy inshoot obektlarini joylashtirish, loyihalash, qurish, o‘zgartirish, ishga tushirish va ulardan foydalanishga nisbatan qo‘llaniladigan atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish to‘gʻrisidagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘gʻrisida”gi qonuni takomillashtirishga berilgan takliflari foydalanish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 03-03/39108-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif radiatsiyaviy va yadroviy inshoot obektlarini joylashtirish, loyihalash, qurish, o‘zgartirish, ishga tushirish va ulardan foydalanishga nisbatan qo‘llaniladigan atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarni asosiy qonun hisoblangan “Tabiatni muhofaza qilish to‘gʻrisida”gi qonunda mustahkamlanishini ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish