Vasidov Abduxalil Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siqilgan tabiy gazga o‘tqazilgan g‘ildirakli dizel` mashinalarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T226.
Ilmiy rahbar: Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor; Tulaev Bekmurod Ro‘zmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston avtomobil` transporti agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazga o‘tkazilgan g‘ildirakli dizel` mashinalarining ekspluatatsion ko‘satkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dizellar bazasida yaratiladigan gaz dvigatellarining siqish darajasi qiymatini o‘zgarish oralig‘i yonilg‘i-havo aralashmaning o‘z-o‘zidan alangalanish temperaturasini hisobga olgan holda aniqlangan;
dizellar bazasida yaratiladigan gaz dvigatellarining quvvati ularning siqish darajasi qiymatiga bog‘liqlik qonuniyatining shartli uchta (tayanch, ekologik va quvvat) guruhlarga bo‘lib asoslangan;
dizellar bazasida yaratilgan gaz dvigatellarining tirsakli valini aylanishlar chastotasi diapazoni 400-500 min-1 kengayish imkoniyati ularning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining saqlanish darajasini hisobga olgan holda aniqlangan;
turli yonilg‘ilarda ishlaydigan g‘ildirakli traktorlarni dala sinov usuli tajriba uchastkalarni oldindan belgilash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Siqilgan tabiiy gazga o‘tkazilgan g‘ildirakli dizel` mashinalarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dizel` asosida yaratilayotgan gaz dvigatellaridagi konstruktiv o‘zgarish (yonish kamerasining shakli va hajmi; tirsakli valning aylanishlar chastotasi diapazonining kengayishi; siqish darajasining uchta guruhga 11±0,5(ekologik), 12±0,5(asosiy); 13±0,5(quvvatli) ko‘rsatkichlari bo‘yicha Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan («Gazli ichki yonuv dvigateli», №IAP 05461-2015 y.). Natijada gaz dvigatelining suyuq yonuvchi aralashma tarkibidagi turg‘un ish rejimining ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish va bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari O‘zDSt 1081:2011 va O‘zDSt 1082:2011 davlat standartlarini ishlab chiqish imkonini bergan.
dizellar bazasida yaratiladigan gaz dvigatellarining siqish darajasi qiymatini o‘zgarish oralig‘i dvigatelga konstruktiv o‘zgartirishlar (yonish kamerasining shakli va hajmi, tirsakli valning aylanishlar chastotasi diapazonini kengayishi) kiritib, g‘ildirakli dizel` mashinalarini bir yonilg‘ili ta’minot tizimi asosida tabiiy gazga o‘tkazish texnologiyasini takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston avtomobil` transporti agentligi tasarrufidagi korxonada, jumladan KTB «Avtosozlash» MChJda va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi korxonada, jumladan «Dalvarzin ta’mirlash zavodi» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston avtomobil` transporti agentligining 2017 yil 2 dekabrdagi 3/4482-son va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 07/23-1132-son ma’lumotnomalari). Natijada g‘ildirakli dizel` mashinalar dizel` yonilg‘isidan bir yonilg‘ili ta’minot tizimi asosida 100% tabiiy gazga o‘tkazish, yonilg‘ining ekspluatatsion xarajati 2,0 martadan ko‘proq va ishlatilgan gazlar tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini 2,5 martadan ko‘proq kamaytirish imkonini yaratgan;
gazballon jihozlari avlodini va ekspluatatsiya sharoitini hisobga olgan holda g‘ildirakli dizel` mashinalarini siqilgan tabiiy gazga o‘tkazishda komponovka echimini amalga oshirish usuli O‘zbekiston avtomobil` transporti agentligi tasarrufidagi korxonada, jumladan KTB «Avtosozlash» MChJda va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi korxonada, jumladan «Dalvarzin ta’mirlash zavodi» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston avtomobil` transporti agentligining 2017 yil 2 dekabrdagi 3/4482-son va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 07/23-1132-son ma’lumotnomalari). Natijada siqilgan tabiiy gazga o‘tkazilgan g‘ildirakli dizel` mashinalar bir marta quyilgan gaz yonilg‘isida transport vositaning bosa oladigan masofasi 50 km gacha oshirish va uning jihozlangan holatidagi massasi 200-300 kg ga kamaytirish imkonini yaratgan.