Eshmuradov Ulug‘bek Tashmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agroklasterlarda sotish jarayoni hisobi va auditini takomillashtirish”, 08.00.08-“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3304.
Ilmiy rahbar: Alikulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islom Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamadiyarov Dilshad Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agroklasterlarda sotish jarayonlari hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning nazariy-amaliy jihatlarini amaliyotga joriy etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
agroklasterlarda sotish jarayonini aks ettiruvchi buxgalteriya schyotlari, ularda sotish xarajatlarini hisobga olish tartibi, sotish xarajatlarini sotilgan mahsulotlarga taqsimlash usuli taklif etilgan;
agroklasterlarning ichki bo‘linmalarida bir-biriga xomashyo (mahsulotlar) sotishda o‘zaro hisob-kitoblar uchun transfert baholarni belgilash usuli va ularda qo‘llaniladigan 9011-“Javobgarlik markazlari bo‘yicha tayyor mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar” schyotini kiritish taklif etilgan;
agroklasterlarning har bir ishlab chiqarish bo‘linmalari uchun xarajatlar va daromadlarni aks ettiruvchi segmentar hisobot shakllari hamda 9411-9419-“Sotilgan mahsulotlar (turlari) bo‘yicha sotish xarajatlari” schyotini kiritish taklif etilgan;
agroklasterlarda sotish jarayonlari auditini auditning xalqaro standartlari asosida o‘tkazishga mo‘ljallangan audit rejasi va dasturi hamda ishchi jadvali taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroklasterlarda sotish jarayoni hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agroklasterlarda sotish jarayonini aks ettiruvchi buxgalteriya schyotlari, ularda sotish xarajatlarini hisobga olish tartibi, sotish xarajatlarini sotilgan mahsulotlarga taqsimlash usuli taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-dekabr 07/05/6361-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir turdagi mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq harajatlarni alohida hisobga olib borish, har bir sotilgan mahsulot turi bo‘yicha moliyaviy natijani aniqlash, sub’ektda ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot turlari bo‘yicha samaradorlikni aniqlash va xarajatlarni nazorat qilish imkonini berish bilan birga, sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan unumsiz xarajatlarni kamaytirish hisobiga tannarxni 5-7%gacha pasaytirish va sotilgan har bir turdagi mahsulotning moliyaviy natijasini alohida aniqlash imkoniyati yaratilgan;
agroklasterlarning ichki bo‘linmalarida bir-biriga xomashyo (mahsulotlar) sotishda o‘zaro hisob-kitoblar uchun transfert baholarni belgilash usuli va ularda qo‘llaniladigan 9011-“Javobgarlik markazlari bo‘yicha tayyor mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar” schyotini kiritish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-dekabr 07/05/6361-son ma’lumotnomasi). Natijada agroklasterlarning ichki bo‘linmalar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni olib borishni tartibga solib, har bir ishlab chiqarish bo‘linmasini moliya-xo‘jalik faoliyati bilan birga sotish jarayonini baholash, mahsulot (ish, xizmat)ni xaridor va buyurtmachilarga sotish jarayonida har bir mahsulot (ish, xizmat) sotish bahosini shakllantirish va agroklasterlarning har bir ishlab chiqarish bo‘linmasini moliyaviy natijalarini aniqlashga olib kelib, kelgusida olinadigan foydani ko‘paytirish uchun boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
agroklasterlarning har bir ishlab chiqarish bo‘linmalari uchun xarajatlar va daromadlarni aks ettiruvchi segmentar hisobot shakllari hamda 9411-9419-“Sotilgan mahsulotlar (turlari) bo‘yicha sotish xarajatlari” schyotini kiritish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-dekabr 07/05/6361-son ma’lumotnomasi). Natijada sotish jarayoni bo‘yicha axborotlar ishonchliligini ta’minlab, axborot olish tezligini 8-12% ga oshirgan. Bu o‘z navbatida sub’ektlarda mahsulot (ish, xizmat) sotish jarayonini tezkor tahlil qilish va nazorat qilish imkonini berib, sotish jarayonini tahlil va nazorat qilish samaradorligini ta’minlagan;
agroklasterlarda sotish jarayonlari auditini auditning xalqaro standartlari asosida o‘tkazishga mo‘ljallangan audit rejasi va dasturi hamda ishchi jadvali taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-dekabr 07/05/6361-son ma’lumotnomasi) ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Natijada sotish jarayoni auditini amalga oshirish takomillashtirilishiga va sotish jarayoni bilan bog‘liq xo‘jalik jarayonlarini o‘z vaqtida va sifatli nazoratdan o‘tkazishga erishilib, sotish jarayonida xarajatlar va daromadlar nazoratini ta’minlash, sotish jarayonini samarali boshqarish hamda auditini soddalashtirish va ishonchliligini oshirgan.