O‘rmonov Sanjarbek Raxmonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soploli reaktiv gidroturbina ishchi g‘ildiragining geometrik va dinamik parametrlarini asoslash”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4905.
Ilmiy rahbar: Uzbekov Mirsoli Odiljonovich, texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Dilshod Botirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Madaliev Murodil Erkinjon o‘g‘li, fizika-matematika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soploli reaktiv gidroturbina ishchi g‘ildiragi soplosining maqbul geometrik va dinamik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reaktiv gidroturbina ishchi g‘ildiragiga suvning kirish va chiqishdagi tezligi hamda suv sarfi va bosimiga bog‘liq holda ishchi g‘ildiragining o‘lchami va soplosining geometrik shaklini aniqlash imkonini beruvchi matematik ifoda olingan;
soploli reaktiv gidroturbina soplosidan suv oqimining chiqish tezligi va energiya yo‘qotilishi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda suv bosimi 1,5-6 m oralig‘ida soploning konfuzorlik siqilish maqbul burchagi 25°-28° ekanligi aniqlangan;
soploli reaktiv gidroturbinaning 2 m suv bosimi va 0,0148 m3/s suv sarfi bo‘lgan qiymatlarida soploning yuqori samaradorligi chig‘anoqsimon shaklda bo‘lishligi  hamda soploli gidroturbina samaradorligi esa 78,68% ni tashkil etishi aniqlangan;
soplodagi suv oqimining ichki devorlari bilan ta’sirlashuvini  SST-RC turbulentlik modellashtirish asosida suv bosimi, suv sarfi va soplo shaklini hisobga olgan holda soploning burilish joyigacha bo‘lgan oraliqda suvning tezligi 5,0 dan 5,5 m/s gacha, soplodan chiqish tezligi maksimal 12,5 dan 13,35 m/s gacha bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.  Soploli reaktiv gidroturbina ishchi g‘ildiragining geometrik va dinamik parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maqbul geometrik parametrlarga ega soploli reaktiv gidroturbina mikrogidroelektr stansiyasi Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi «Andijon gidroelektr stansiyalari unitary korxonasi Shahrixon gidroelektr stansiyalari kaskadi filiali gidroelektr stansiyalar janubiy Farg‘ona kanali-1»da joriy etilgan (Energetika vazirligining 2024 yil 25 iyul 04-13-5632 sonli ma’lumotnomasi). Natijada stansiyani o‘z ehtiyojlari uchun  700 Vt·soat elektr energiyasi tejashga erishilgan;
maqbul geometrik parametrlarga ega soploli reaktiv gidroturbina Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Xasanboy Xoji barakasi” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Energetika vazirligining 2024 yil 25 iyul 04-13-5632 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yiliga qo‘shimcha 6,1 mW⸱h elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish