Moydinova Shohida Ismailjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini kasbga yo‘naltirganlik asosida shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (ingliz tili)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2736.
Ilmiy rahbar: Alimov Sharobiddin Solievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Artiqova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muxamedjanova Sitorabegim Djamolitdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik oliy ta’lim muassasalari fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi o‘qish kompetensiyasini kasbga yo‘naltirganlik asosida shakllantirishning nazariy asoslarini o‘rganib tahlil qilish orqali o‘qish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy ko‘nikma-malakalarni shakllantirishda fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini bilish darajasiga ko‘ra kasbga oid matnlarni o‘qib tushunishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar kompleksi ishlab chiqilgan;
kasbiy matnlarni o‘qib tushunish kompetensiyasini (reading competence) shakllantirishda ingliz tilidagi o‘qish mazmuni fizika ta’lim yo‘nalishiga oid kasbiy matnlarni tanlash orqali takomillashtirilgan;
amaliy mashg‘ulotlarda fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarning kasbiy matnlarni o‘qish kompetensiyani takomillashtirishga qaratilgan sohaviy terminologiyani o‘z ichiga olgan o‘quv materiallari va amaliy topshiriqlardan iborat o‘quv-uslubiy ta’minot yaratilgan;
fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini shakllantirishni 6 bosqichdan iborat (Stage-by-stage) metodik yondashuv asosida tashkil qilish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik oliy ta’lim muassasalarining fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi kasbiy matnlarni o‘qib tushunishga oid kompetensiyasini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
nofilologik oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan chet til fanining mazmuni talabalarining kasbiy ehtiyojlariga mos bo‘lishi ularning bo‘lgusi kasbiy faoliyatiga tayyorlik darajasini belgilashi hamda kasbiy matnlar bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy hayotga tayyorlashda muhim ahamiyatga egaligi xusisidagi fikrlardan 2021-2023-yillarda Qarshi davlat universitetida amalga oshirilgan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 18-maydagi 03/1427-son ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik oliy ta’lim muassasalari fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini shakllantirishda kasbiy matnlardan foydalanish orqali o‘qish mazmunini tanlashni takomillashtirish zaruriyati haqidagi fikrlar asoslangan;
didaktik maqsadlari o‘zaro aloqador bo‘lmagan alohida mashqlardan foydalanish ta’lim jarayonida ko‘zlangan o‘quv maqsadlariga erishishga olib kelmaydi. Ingliz tilidagi matnlarni o‘qib tushunish jarayonini metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilish uchun fizika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning chet til bilish darajasiga ko‘ra kasbga oid matnlarni o‘qib tushunishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar kompleksini yaratishda Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 29-mayda berilgan 1140/02–son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining chet til bilish darajasiga ko‘ra ingliz tilidagi kasbiy matnlarni o‘qib tushunishni takomillashtirishga qaratilgan mashqlar kompleksi yaratilgan.
nofilologik oliy ta’lim muassasalari talabalariga chet tilida kasbga yo‘naltirilgan muloqotni o‘rgatish, birinchidan, chet til o‘qituvchisi oldiga bo‘lajak mutaxassisni fanlararo aloqalar asosida, chet tilni kasbiy mahoratni oshirish vositasi sifatida foydalanishni va ularning kasbiy bilimlari, shuningdek, xalqaro tajriba orttirish, kasbiy mahorat va malakalarni rivojlantirish vositasi sifatida o‘rgatish vazifasini qo‘yadi. Ingliz tili amaliy mashg‘ulotlarida sohaga oid matnlarni o‘qish orqali kasbiy kompetensiyani takomillashtirishga qaratilgan metodik tavsiyalar yaratishda Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 20-maydagi 1038/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyalar kelajakda lug‘at, oʻquv qoʻllanma, darsliklar yaratilishida va shu sohada olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasi bo‘lib hizmat qilishligi asoslangan.
fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini shakllantirishni (step-by-step) texnologik yondashuv asosida bosqichma-bosqich tashkil qilishga oid xulosalardan 2022-2024-yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 25-apreldagi 04-36-557-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini 6 bosqichdan iborat bosqichma-bosqich shakllantirish texnologiyasi takomillashtirilgan; “Texs on speciality” nomli o‘quv qo‘llanmasida taklif etilgan mutaxassislikka oid matnlar, mashqlar va topshiriqlar fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini texnologik yondashuv asosida bosqichma-bosqich shakllanishiga hizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i). Natijada, zamonaviy ilmiy-metodik talablarga muvofiq shakllantirilgan adabiyotlar bazasi yana bir ilmiy asoslangan va pedagogik jihatdan takomillashtirilgan o‘quv qo‘llanma bilan boyitilgan hamda fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy sohalarida global jamiyatda muvaffaqiyatli integratsiya bo‘lish uchung zarur bo‘lgan til ko‘nikmalarining rivojlanishiga xizmat qilgan.