Xamdamova Firuza Urazalievnaning
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida E’LON

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli davrda xalqaro huquqning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari”, 12.00.10 – Xalqaro huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Yu174.   
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milly markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.Yu.24.01
Rasmiy opponentlar:    Nugmanov Nugman Abdullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Toshev Boboqul Norqobilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Matkarimova Gulchehra Abdusamatovna, yuridik fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Dissertatsiya ishi rus tilida tayorlangan.
II. Tadqiqot maqsadi: . Tadqiqotning maqsadi global raqamli transformatsiya sharoitida xalqaro huquqni rivojlantirishga oid bir qator masalalarni ko‘rib chiqish va o‘rganish, raqamli asrda xalqaro huquq tizimini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va istiqbollarini aniqlash hamda raqamli asrda xalqaro huquqning to‘la huquqli subekti sifatida O‘zbekistonning mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlarini, ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish huquqini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurligi asoslab berilgan;
  Internetga bo'lgan huquqni alohida konstitutsiyaviy inson huquqi sifatida tan olish zarurligi asoslab berilgan;
  “Inson huquqlari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” tanlovini tashkil etish orqali raqamlashtirish sharoitida inson huquqlari sohasidagi tadqiqotlarni faollashtirish zarurligi asoslab berilgan;
  raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda gender masalalarini hisobga olish zarurligi asoslab berilgan;
raqamlashtirish masalalariga oid xalqaro hujjatlar tizimlashtirishdi, bu sohasidagi xalqaro hujjatlarning mualliflik klassifikatsiyasi taqdim etilgan;
raqamli davrda davlatlarning huquqiy sub’ektligiga taalluqli yangi xalqaro-huquqiy hujjatlarni, xususan Davlatlarning huquqiy sub’ektligi to‘g‘risidagi yangi konvensiyani va Raqamli iqtisodiyot sharoitida davlatlararo hamkorlik prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyasini qabul qilish zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining raqamli transformatsiya sharoitida yuridik kadrlar tayyorlash zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ilmiy-texnologik rivojlantirish strategiyasini qabul qilish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada milliy qonunchilik normalarini takomillashtirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi:
inson huquqlarini raqamli muhitda himoya qilishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishga oid 31-moddasini va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish huquqini ta’minlashga oid 33-moddasi qoidalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huquridagi Parlament tadqiqotlari institutining tadqiqot natijalarini joriy qilish bo‘yicha 2024 yil 13 noyabragi  №01/q-08-67-sonli ma’lumotnomasi). Takliflarning qabul qilinishi raqamli muhitda inson huquqlarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
«Inson huquqlari sohasida ta’lim va innovatsiyalar» tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif 2023 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-46-sonli «O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining tadqiqot natijalarini joriy qilish to‘g‘risidagi 2024 yil 25 sentyabrdagi №01/961-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi raqamli muhitda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
Xotin-qizlarni kiberzo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha gender qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi takliflar «Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 829-sonli Qonunini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huquridagi Parlament tadqiqotlari institutining tadqiqot natijalarini joriy qilish bo‘yicha  2024 yil 13 noyabrdagi01/q – 08-68-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo‘yicha qo‘mitasining tadqiqot natijalarini joriy qilish bo‘yicha 2024 yil 23 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi raqamli muhitda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish