Xayitov Panji Buxarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Energetik xavfsizlikni ta’minlashning ekologik-huquqiy masalalari” 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/Yu590.
Ilmiy rahbar: Narzullaev Olim Xolmamatovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Utegenov Ongarboy Dariyabaevich yuridik fanlar doktori, dotsent, Kenjaev Rustam Xaydarovich yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining energetika qonunchiligi hujjatlarini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqaro uy-joy, bino inshoot yoki er uchastkasiga qurilmalarni o‘z ehtiyojidan kelib chiqib o‘rnatilishi mumkinligi, bunda o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi bo‘yicha kompensatsiyalar to‘lash tartibini joriy etish, aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi asoslantirilgan;
elektr energiyasini sotib oluvchi tushunchasiga quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini o‘z tarmog‘iga qabul qiluvchi elektr tarmoqlari korxonalari yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslar deb ta’rif berilishi asoslab berilgan;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qiluvchi funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan isteʼmolchi xohishiga ko‘ra, kamida 10 yil muddat davomida xarid qilish imkoniyati yaratilishi bilan tartibini belgilash asoslantirilgan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joylashtirish uchun er uchastkalarini ajratish zarurati energiya xavfsizligi, ekologik barqarorlik, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, er ajratish jarayonini tizimli va shaffof tashkil etish qayta tiklanuvchi energetika salohiyatini oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanishi zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Energetik xavfsizlikni ta’minlashning ekologik-huquqiy masalalari” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
fuqarolar uy-joy, bino-inshoot yoki er uchastkasida o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilmalar o‘rnatish huquqiga ega bo‘lib, ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish tartibini joriy etish taklif etilgan. Bu taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi 568-son qarori bilan tasdiqlangan “Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandini ishlab chiqishda asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 19-dekabrdagi 12-15-125-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi aholining o‘z energiya ehtiyojlarini mustaqil qondirish imkoniyatlarini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga zamin yaratadi;
elektr energiyasini sotib oluvchi tushunchasiga quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini o‘z tarmog‘iga qabul qiluvchi elektr tarmoqlari korxonalari yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslar deb ta’rif berish haqidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyundagi 247-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandini ishlab chiqishda asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 19-dekabrdagi 12-15-125-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, energiya bozorini rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan, quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qiluvchi funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan isteʼmolchi xohishiga ko‘ra, kamida 10 yil muddat davomida xarid qilish imkoniyatini yaratish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-220-son Farmonining 6-bandiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 11-martdagi 9/30-24-03-son Dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, energiya bozorini rivojlantirish va elektr energiyasini uzlyuksiz ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joylashtirish uchun er uchastkalari berilishini ta’minlash bilan bog‘liq taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ–539-son Qonunining 8-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 11-martdagi 9/30-24-03-son Dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi energiya mustaqilligini ta’minlash, investisiya muhitini yaxshilash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirishga zamin yaratadi. Bu milliy qonunchiligimizda mamlakatimizda energetika barqarorligini ta’minlashda energetika manbalari, xususan, quyosh, shamol va suv manbalaridan foydalanish orqali O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishda, atrof-muhit va inson salomatligini muhofaza qilishda xizmat qilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish