To‘xtashev Hikmatilla Ismatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fermer xo‘jaliklarining erdan foydalanish va muhofaza qilish samaradorligini ta’minlashning huquqiy masalalari” 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Yu692.
Ilmiy rahbar: Uzakova Go‘zal Sharipovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Utegenov Ongarboy Dariyabaevich yuridik fanlar doktori, dotsent; Mirzaabdullaeva Matluba Rustamovna yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fermer xo‘jaliklari faoliyatini huquqiy tartibga solish, er qonunchiligini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jalik erlarining elektron onlayn-auksion natijasi asosida 30 yil muddatga ijara huquqi asosida berilishi va ijara shartnomasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanishi, shuningdek fermer xo‘jaliklari tomonidan ijara huquqini boshqa shaxslarga (uchinchi shaxslarga)o‘tkazish tartibi asoslab berilgan;
Fermer xo‘jaliklarining foydalanishida bo‘lgan er uchastkalarini bo‘lish Er kodeksi talablari doirasida amalga oshirilishi, ya’ni bo‘linayotgan er uchastkasi fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun Er kodeksida belgilangan eng kam o‘lchamdan kam bo‘lgan taqdirda bo‘linmasligi bilan bog‘liq holatlari asoslab berilgan;
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i er uchastkasini ijaraga olish huquqini ijara shartnomasiga o‘zgartirish kiritish orqali o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanuvchi o‘z oila a’zolaridan biriga ijara shartnomasida belgilangan muddatga berishga haqli ekanligi asoslangan;
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining er uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fermer xo‘jaliklarining erdan foydalanish va muhofaza qilish samaradorligini ta’minlashning huquqiy masalalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jalik erlarining elektron onlayn-auksion natijasi asosida 30 yil muddatga ijara huquqi asosida berilishi va ijara shartnomasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanishi, shuningdek fermer xo‘jaliklari tomonidan ijara huquqini boshqa shaxslarga (uchinchi shaxslarga)o‘tkazishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining (1998-yil 1-iyul) 58-moddasi birinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil
22-maydagi 04/8-10-632-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jalik erlarini ijara huquqi asosida berish bilan bog‘liq faoliyatni huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan.
Fermer xo‘jaliklarining foydalanishida bo‘lgan er uchastkalarini bo‘lish Er kodeksi talablari doirasida amalga oshirilishi, ya’ni bo‘linayotgan er uchastkasi fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun Er kodeksida belgilangan eng kam o‘lchamdan kam bo‘lgan taqdirda bo‘linmasligi haqidagi ushbu taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi O‘RQ-662-II-son “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasi beshinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil
22-maydagi 04/8-10-632-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi fermer xo‘jaliklarining erga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash va er uchastkalarining tegishli ixtisosliklar bo‘yicha belgilangan o‘lchamlardan kam bo‘lgan taqdirda bo‘linmasligi bilan bog‘liq tartiblarni o‘rnatishga xizmat qilgan.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i er uchastkasini ijaraga olish huquqini ijara shartnomasiga o‘zgartirish kiritish orqali o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanuvchi o‘z oila a’zolaridan biriga ijara shartnomasida belgilangan muddatga berishga haqli, deb berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi O‘RQ-662-II-son “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasi sakkizinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 22-maydagi 04/8-10-632-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinganligi fermer xo‘jaligi rahbarining erga bo‘lgan huquqlarini er ijara shartnomasi muddatiga meros qilib o‘tkazish tartibini belgilashga ijobiy ta’sir o‘tkazgan.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining er uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkinligi haqida berilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi O‘RQ-662-II-son “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 31-moddasi ikkinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil
22-maydagi 04/8-10-632-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi fermer xo‘jaliklari faoliyatini huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq normativlarni amalda samarali qo‘llanishini kuchaytirishga oid huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan..