Jumaev Javlonbek Abduqahhor o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish metodikasi 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6363.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahmanov Orifjon Qudratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bozorov G‘iyosiddin Sadullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik lisey o‘quvchilarini elektron ta’lim resurslari vositasida mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari tayanch kompetensiyalarga moslashtirishga qaratilgan interfaollik, refleksivlik, hamkorlikda ishlash, mustaqil ishlash faoliyatini ichki, tashqi va protsessual motivatsiyalarni rivojlantirishning prinsiplariga uyg‘unlashtirish hamda fanlarni o‘qitishning pedagogik mazmunini boyitish asosida aniqlashtirilgan;
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik lisey o‘quvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishning elektron didaktik tizimi pedagogik imkoniyatlarga ustuvorlik berish, interaktiv dasturlar, multimedia mahsulotlari, animatsiya, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, mustaqil ish mashg‘ulotlari majmuyi, test tizimlari majmuasi, trenajyorlar, amaliy mashg‘ulotlar majmuasi kabi jarayonlarni intensiv optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim resurslari vositasida “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik lisey o‘quvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ijtimoiy ehtiyojning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, elektron ta’lim resurslarining funksiyalari, tamoyillari, vositalari  va darajalariga mazmunli transformatsiyalash hamda o‘quvchilarning umumta’lim fanlaridan tayyorgarligini faollashtiruvchi interfaol metodlardanratsionall foydalanish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim resurslari vositasida “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik lisey o‘quvchilarning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi didaktik materiallardan mustaqil foydalanish, o‘z-o‘zini boshqarish, mustaqil mavzular ustida ishlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash hamda test tizimlari orqali mavzu o‘rganilganlik darajasini aniqlashga oid mantiqiy-faollashtiruvchi topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim resurslari vositasida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarinning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari tayanch kompetensiyalarga moslashtirishga qaratilgan interfaollik, refleksivlik, hamkorlikda ishlash, mustaqil ishlash faoliyatini ichki, tashqi va protsessual motivatsiyalarni rivojlantirishning prinsiplariga uyg‘unlashtirish hamda fanlarni o‘qitishning pedagogik mazmunini boyitish asosida aniqlashtirishga  oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7559/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoni yaratilgan.
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik lisey o‘quvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishning elektron didaktik tizimi pedagogik imkoniyatlarga ustuvorlik berish, interaktiv dasturlar, multimedia mahsulotlari, animatsiya, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, mustaqil ish mashg‘ulotlari majmuyi, test tizimlari majmuasi, trenajyorlar, amaliy mashg‘ulotlar majmuasi kabi jarayonlarni intensiv optimallashtirish asosida takomillashtirishga  oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7559/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada akademik lisey o‘quvchilaringning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishning elektron didaktik tizimini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
elektron ta’lim resurslari vositasida “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik lisey o‘quvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ijtimoiy ehtiyojning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, elektron ta’lim resurslarining funksiyalari, tamoyillari, vositalari  va darajalariga mazmunli transformatsiyalash hamda o‘quvchilarning umumta’lim fanlaridan tayyorgarligini faollashtiruvchi interfaol metodlardanratsionall foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7559/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilaringning mustaqil ishlash kompetensiyalarini elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish modeli mazmuni boyitilgan.
elektron ta’lim resurslari vositasida “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik lisey o‘quvchilarning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi didaktik materiallardan mustaqil foydalanish, o‘z-o‘zini boshqarish, mustaqil mavzular ustida ishlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash hamda test tizimlari orqali mavzu o‘rganilganlik darajasini aniqlashga oid mantiqiy-faollashtiruvchi topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7559/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini rivojlantirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish