Abilova Amina Janabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston gips bog‘lovchi moddalari dispersiyalarining xossalarini mineral mikroto‘ldirgichlar yordamida boshqarishning fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T25.
Ilmiy rahbar: Turemuratov Sharibay Naurizbaevich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim..
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qaroqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Iskenderov Axmed Maqsetbaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston gips bog‘lovchi moddalari dispersiyalarining xossalarini mineral mikroto‘ldirgichlar yordamida boshqarishning fizik-kimyoviy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kelib chiqishi turli xil ikki suvli kal`siy sul`fatning strukturaviy o‘zgarishining o‘ziga xosligi, havoli sharoitda 160°Sdan 1000°Sgacha termik qayta ishlashda faolligining o‘zgarishi, mustahkamlik ko‘rsatkichlari, ikki suvli kal`siy sul`fatni turli fazalarda erish va gidratatsiya jarayonlarini ta’siri aniqlangan;
«yarim suvli gips-mikroto‘ldirgich-suv», «eruvchi angidrit-mikroto‘ldirgich-suv» va «erimaydigan angidrit-mikroto‘ldirgich-suv» sistemalarida gidratatsion struktura hosil bo‘lish faolligi va turli tabiatli mayda dispers mineral qo‘shimchalar ta’siri aniqlangan;
belgilangan xususiyatga ega yuqori sifatli materiallar hosil qiluvchi gipsli dispers sistemalar olingan;
noan’anoviy mineral to‘ldirgichlarni gipsli bog‘lovchilar sistemasiga kiritish samaradorligi aniqlangan;
qattiq-suyuq fazoviy reaksiyalarda normal va gidrotermal sharoitda mineral hosil bo‘lishida qotishning borishi ketma-ketligi aniqlangan;
mineral to‘ldirgichlar va soda sanoati qattiq chiqindisini qo‘llab gips materiallari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston gips minerallaridan yuqori sifatli yangi bog‘lovchi materiallar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy Qaroqalpog‘iston gips minerallari asosida aylanuvchi pechlarni qo‘llab gips bog‘lovchilar olish texnologiyasi «KNAUF GIPS BUXORO» OAJda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston qurilish vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 01-07/01-357-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida yuqori mustahkamlikka ega qurilish gips bog‘lovchilarini olish imkonini bergan;
avtoklavda qayta ishlangan yuqori mustahkamlikka ega gips olish texnologiyasi «Mustaqil hudidiy sertifikatsiya markazi» JKda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston qurilish vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 01-07/01-357-son ma’lumotnomasi). Natijada Qaroqalpog‘iston-ning ba’zi gips minerallari asosida yuqori mustahkamlikka ega, tannarxi 2−3 barobar arzon gips bog‘lovchilari olish imkonini bergan;
Qaroqalpog‘iston gipslariga mineral to‘ldirgichlar va soda sanoati karbonatli chiqindilarini to‘ldiruvchi sifatida qo‘llab gips materiallari olish texnologiyasi «Xorj Qurilis» QKda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston qurilish vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 01-07/01-357-son ma’lumotnomasi). Natijada xususiyati yaxshilangan ko‘p fazali kompozit gips mahsulotlarini olish imkonini bergan.