Najmetdinova Dilfuza Farxatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muddatdan o‘tgan homiladorlikda tug‘ruqni tashxislash va olib borishning zamonaviy jihatlari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib10.
Ilmiy rahbar: Negmatullaeva Mastura Nurullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Delya Faxrutdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi: muddatidan o‘tgan homiladorlikda tug‘ruqning boshlanishi, kechishi xamda o‘z vaqtida tug‘ruq induksiyasi samaradorligini baholashda qon zardobi tarkibiy optik xususiyatlarining qiymatini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlar qon zardobida radikal simmetrik suratga ega bulgan morfologik turdagi fassiyalar aniqlanishi orqali bir necha kun avval spontan tug‘ruq faoliyatining boshlanishini prognoz qilish mumkinligi aniqlangan;
boshqa morfologik turlarda spontan tug‘ruq faoliyatini prognoz qilishning imkoni mavjud emasligi isbotlangan;
muddatidan o‘tgan homiladorlikda qon zardobida apoVoqsili oshishi fonida apoAoqsili pasayishining fetoplatsentar tizim tomirlari aterogeneziga ta’siri aniqlangan;
bachadon bo‘yni etilganligi bosqichiga qon zardobining strukturaviy-optik xossalari korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muddatidan o‘tgan homiladorlikda tug‘ruqni boshqarish tashxisoti va taktikasining zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Muddatidan o‘tgan homiladorlik» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 30 maydagi 8N-r/132-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy qullanma muddatidan o‘tgan va muddati uzaygan homilador ayollarda tug‘ruqqa tayyorgarlik davrining xarakterini, uning patologik kechishini o‘z vaqtida tashxislash, tug‘ruqning ijobiy yakuniga erishish maqsadida tug‘dirish taktikasini tanlashga imkoniyat yaratgan;
«Tug‘ruq faoliyati anomaliyalari va uning korreksiyasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil 3 noyabr 8sp/192-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tug‘ruq yakunlari va tug‘dirish uslubini tanlashning 66,6% hollarda yuqori darajadagi tibbiy va ijtimoiy samaraga erishish imkonini bergan;
muddatidan o‘tgan homiladorlarni kuzatish va tug‘ruq induksiyasi tamoyillari bo‘yicha ishlab chiqilgan sxemani qo‘llashda olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi, Buxoro shahar shifoxonasi tug‘ruq bo‘limi klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 avgustdagi8n-g/49-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi muddatidan o‘tgan homiladorlarda tug‘ruqni prognozlash va tug‘ruqni boshqarish bo‘yicha tashxis va taktika sifatining yaxshilanishi, tabiiy boshlangan tug‘ruqlar miqdorining oshishi, ona va homilaning tug‘ruq shikasti chastotasining o‘rtacha 27,7% ko‘rsatkichga pasayishiga yordam bergan.