Boltaev Abror Sayitmuradovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt459
Ilmiy maslahatchi: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Astanakulov Olim Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, metodologik va amaliy yo‘nalishlarda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «Biologik aktiv» tushunchasining iqtisodiy mazmuni biologik aktivlarni biznes jarayonlaridagi biotransformatsiyalanishi bo‘yicha guruhlarga ajratgan holda buxgalteriya hisobi ob’ekti sifatida tasniflash asosida takomillashtirilgan;
biologik aktivlarning haqqoniy qiymatini aniqlashda «1-darajali», «2-darajali» va «3-darajali» ma’lumot manbalaridan foydalanish hamda aniqlangan qiymatdan uni sotish bilan bog‘liq kutilayotgan xarajatlarni chegirish orqali biologik aktivlarni moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan qiymatini shakllantirish taklifi asoslangan;
biologik aktivlar bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlarni hisobga olish maqsadida alohida 6040 - «Biologik aktivlarni kirim qilishda tan olinadigan daromadlar», 6050 - «Biologik aktivlarning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatining o‘zgarishidan foyda», 7040 - «Qishloq xo‘jaligi faoliyati xarajatlari» va 7050 - «Biologik aktivlarni sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatning o‘zgarishidan zarar» ishchi schyotlarini ochish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarida hisob siyosatining «Umumiy qoidalar», «Buxgalteriya hisobi», «Soliq hisobi» va «Yakuniy qoidalar» qismlaridan iborat tarkibiy tuzilmasi hamda «Buxgalteriya hisobi» qismi «Uslubiy masalalar» bo‘limida qishloq xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha «Biologik aktivlar» va «Qishloq xo‘jaligi mahsuloti»ni alohida hisobga olish tartibini kiritish asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilish va ularni sotishda tan olinadigan daromadlarni hisobga olish maqsadida alohida 6060 - «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda tan olinadigan daromadlar» va 6070 - «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishda tan olinadigan qo‘shimcha daromadlar» ishchi schyotlarini ochish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «Biologik aktiv» tushunchasining iqtisodiy mazmuni biologik aktivlarni biznes jarayonlaridagi biotransformatsiyalanishi bo‘yicha guruhlarga ajratgan holda buxgalteriya hisobi ob’ekti sifatida tasniflash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Urganch yogʻ-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 13 iyundagi 08/43-2-12424-son, O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 1 martdagi №03/3-56-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazining 2024 yil 5 martdagi 34-son, «Urganch yogʻ-moy» AJning 2024 yil 5 yanvardagi 12-son ma’lumotnoma-lari). Natijada, «biologik aktiv» tushunchasi axborotdan foydalanuvchi uchun oddiy va tushunarli bo‘lishini ta’minlagan hamda biologik aktivlarni biznes jarayonlaridagi harakati bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish bilan bog‘liq axborotlarining batafsilligi, ob’ektivligi va ishonchliligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
biologik aktivlarning haqqoniy qiymatini aniqlashda «1-darajali», «2-darajali» va «3-darajali» ma’lumot manbalaridan foydalanish hamda aniqlangan qiymatdan uni sotish bilan bog‘liq kutilayotgan xarajatlarni chegirish orqali biologik aktivlarni moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan qiymatini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Urganch yogʻ-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 13 iyundagi 08/43-2-12424-son, O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 1 martdagi №03/3-56-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazining 2024 yil 5 martdagi 34-son, «Urganch yogʻ-moy» AJning 2024 yil 5 yanvardagi 12-son ma’lumotnomalari). Natijada, biologik aktivlarni haqqoniy qiymatda baholash va moliyaviy hisobotda ma’lumotlarni yoritib berish imkonini bergan hamda biologik aktivlar qiymati to‘g‘risidagi axborotlar moliyaviy hisobotda to‘g‘ri taqdim etilishini va axborotdan foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishini ta’minlagan;
biologik aktivlar bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlarni hisobga olish maqsadida alohida 6040 - «Biologik aktivlarni kirim qilishda tan olinadigan daromadlar», 6050 - «Biologik aktivlarning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatining o‘zgarishidan foyda», 7040 - «Qishloq xo‘jaligi faoliyati xarajatlari» va 7050 - «Biologik aktivlarni sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatning o‘zgarishidan zarar» ishchi schyotlarini ochish taklifi O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Urganch yogʻ-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 1 martdagi №03/3-56-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazining 2024 yil 5 martdagi 34-son, «Urganch yogʻ-moy» AJning 2024 yil 5 yanvardagi 12-son ma’lumotnomalari). Natijada, biologik aktivlarni kirim qilishda tan olinadigan daromadlar va ularni sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatining o‘zgarishidan foyda summasini, qishloq xo‘jaligi faoliyati xarajatlarini, biologik aktivlarni sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatining o‘zgarishidan zarar summasini hisobga olish imkonini bergan;
tadbirkorlik sub’ektlarida hisob siyosatining «Umumiy qoidalar», «Buxgalteriya hisobi», «Soliq hisobi» va «Yakuniy qoidalar» qismlaridan iborat tarkibiy tuzilmasi hamda «Buxgalteriya hisobi» qismi «Uslubiy masalalar» bo‘limida qishloq xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha «Biologik aktivlar» va «Qishloq xo‘jaligi mahsuloti»ni alohida hisobga olish tartibini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Urganch yogʻ-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 1 martdagi №03/3-56-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazining 2024 yil 5 martdagi 34-son, «Urganch yogʻ-moy» AJning 2024 yil 5 yanvardagi 12-son ma’lumotnoma-lari). Natijada, tadbirkorlik sub’ektlari hisob siyosatining tarkibiy tuzilishi mantiqan izchil shakllanishi va moliya-xo‘jalik faoliyatini to‘liq qamrab olish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilish va ularni sotishda tan olinadigan daromadlarni hisobga olish maqsadida alohida 6060 - «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda tan olinadigan daromadlar» va 6070 - «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishda tan olinadigan qo‘shimcha daromadlar» ishchi schyotlarini ochish taklifi O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Urganch yogʻ-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 1 martdagi №03/3-56-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazining 2024 yil 5 martdagi 34-son, «Urganch yogʻ-moy» AJning 2024 yil 5 yanvardagi 12-son ma’lumotnomalari). Natijada, biologik aktivlardan olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda tan olinadigan daromadlarni hamda ularni sotishda tan olinadigan qo‘shimcha daromadlarni alohida hisobga olish va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchlilik darajasini oshirishga xizmat qilgan.