Turgunov Sardorbek No‘’monjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi Ascaridata (Nematoda: Ascaridida) kenja turkumi nematodalarining ekologo-faunistik tavsifi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/V881.
Ilmiy rahbar: Shakarboev Erkinjon Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Najmiddinov Eldorjon Xalilovich, biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi issiq qonli hayvonlarida parazitlik qiluvchi Ascaridata kenja turkumi nematodalari tur tarkibini, dominant turlarning bioekologik xususiyatlarini aniqlash va askaridatozlar oldini olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi hududida Ascaridata kenja turkumi nematodalarining tur tarkibi aniqlangan;
Ascaridata kenja turkumi nematodalari bilan hayvonlar zararlanishining ekstensivlik va intensivlik darajalari, ularning yil mavsumiga hamda yoshga bog‘liqlik jihatlari ochib berilgan;
Farg‘ona vodiysi isimon hayvonlari orasida tarqalgan Toxocara canis va Toxascaris leonina turlarining bioekologik xususiyatlari ochib berilgan;
Toxocara canis nematodasi tuxumlarining in vitro sharoitida rivojlanish bosqichlari va yashovchanligining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan;
Ascaris suum (Goeze, 1782), Parascaris equorum (Goeze, 1782) va Ascaridia galli (Schrank, 1788) turlari ribosomal DNK sining 5.8S-IS2 sohasidagi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan;
Ascaridata kenja turkumi nematodalari bilan hayvonlar zararlanishining oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi Ascaridata (Nematoda: Ascaridida) kenja turkumi nematodalarining ekologo-faunistik tavsifi bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi issiq qonli hayvonlarida parazitlik qiluvchi 3 tur nematodalar molekulyar-genetik tadqiqotlar natijasida rDNK ning 5.8S-IS-2 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo’yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2024-yil 27-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, Parascaris equorum – (PP373800), Ascaris suum – (PP179022.1), Ascaridia galli – (OR513109) turlarining identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash hamda filogeniyasini o’rganish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysida tarqalgan askaridatlarning 5 avlod va 7 turga mansub - Parascaris equorum, Ascaris suum, Ascaris lumbricoides, Ascaridia galli, Toxocara canis, Toxocara mystax va Toxascaris leonina turlarining 108 nusxa namunalari respublikada yetakchi bo’lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 4/1255-1979-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Farg‘ona vodiysi hududlari bo’yicha Institut kolleksiyasi fondini boyitish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish