Nebesnaya Kamila Stanislavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kalamush timotsitlarida signal uzatishda noorganik polifosfatlarning roli”, 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1153.
Ilmiy rahbar: Mirxodjaev Ulugbek Zakirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Merzlyak Petr Grigorevich, biologiya fanlari doktori; Abdullaev Iskandar Fatxullaevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamush timotsitlarida noorganik polifosfatlarning signal xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noorganik polifosfatlar timotsit hujayralari bilan bog‘lanadigan reseptor turi aniqlangan;
timotsit hujayralarida noorganik polifosfatlar tomonidan modulyasiya qilingan jarayonlar tavsiflangan;
noorganik polifosfatning fizologik konsentratsiyalarda timotsit hujayralariga toksik ta’siri yo‘qligi aniqlandi;
poli-F ning purinoreseptorlar bilan potensial bog‘lanish yo‘li molekulyar dinamikani simulyasiya qilish metodlari yordamida ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sutemizuvchi hujayralaridagi noorganik polifosfatlarning roli haqida olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
Poli-F ning P2X purinoreseptorlari agonistlari sifatida signal o‘tkazish qobiliyatini ko‘rsatuvchi ilmiy natijalar, Oryol davlat universitetining Fiziologiya va hujayra patologiyasi laboratoriyasida bajarilgan «№ 075-15-2024-621: Mexanizm neyrodegeneratsii: drevnyaya molekula kak neobxodimiy element fiziologii patologii kletka mozga» mavzusidagi mefaloyihada neyrodegenerativ kasalliklarni rivojlanishida noorganik polifosfatlarning rolini aniqlashda foydalanilgan (Rossiya federatsiyasi Oryol davlat universitetining 2024 yil 11 oktyabradagi 1419-1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llanilishi loyihadagi olingan natijalarni mexanizmlarini tavsiflash imkonini bergan;
noorganik polifosfatlarning P2X purin reseptorlari bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha olingan muhim natijalar, UCL Neyrologiya institutining Klinik va motor neyrologiyasi kafedrasi tomonidan olingan ma’lumotlarni tavsiflashda foydalanilgan (London, Buyuk Britaniya UCL Neyrologiya institutining 2024 yil 16 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, noorganik polifosfatlarning qo‘zg‘aluvchan bo‘lmagan hujayralarda signal yuborish xususiyatlarini tasdiqlash imkonini bergan.